O‘zbekistonda chet elliklar xorijdagi daromadlari uchun soliq to‘lashdan ozod etiladi

Imtiyozli maqomni olish uchun xorij fuqarolari $50 ming miqdorida bir martalik to‘lovni amalga oshirishi kerak bo‘ladi

O‘zbekistonda chet elliklar xorijdagi daromadlari uchun soliq to‘lashdan ozod etiladi

O‘zbekistonda xorijiy fuqarolar uchun maxsus soliq rejimiga o‘tish tartibi tasdiqlandi. Tegishli normativ-huquqiy hujjat Lex.uz portalida e’lon qilindi.

Yangi tartibga ko‘ra, xorijliklar mamlakat hududidan tashqarida olgan daromadlari uchun soliq to‘lashdan ozod etiladi. Buning uchun ular O‘zbekistonda uy-joy sotib olishi yoki ijaraga olishi, shuningdek yil davomida kamida 30 kun mamlakat hududida bo‘lishi talab etiladi.

Arizalar davlat xizmatlari markazlari yoki elektron platformalar orqali qabul qilinadi. Murojaat bilan birga xorijiy pasport, mamlakatda bo‘lish muddatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi kerak. Hujjatlar elektron raqamli imzo yoki biometrik tasdiq orqali rasmiylashtiriladi.

Soliq qo‘mitasi ma’lumotlarni bir ish kuni ichida tekshiradi va hujjatlarni tegishli komissiyaga yuboradi. Arizalarni ko‘rib chiqish uch ish kunini tashkil etadi, biroq boshqa idoralardan qo‘shimcha ma’lumot talab qilinganda bu muddat uzaytirilishi mumkin.

Ariza ma’qullangach, nomzod o‘zi uchun $50 ming, voyaga yetmagan har bir oila a’zosi uchun esa qo‘shimcha $10 ming miqdorida to‘lov amalga oshirishi lozim. Mablag‘lar daromadlarning qonuniyligi tekshirilgach, maxsus bank hisob raqami yoki kriptohamyonga o‘tkaziladi. To‘lov kvitansiyasi fiskal organlarga taqdim etilishi kerak.

Mazkur imtiyozli maqomning amal qilish muddati besh yilgacha etib belgilangan. Imtiyozlar sud qarori yoki qonunbuzarliklar aniqlangan holatlarda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.

Shuningdek, dastur ishtirokchilariga yashash guvohnomasi soddalashtirilgan tartibda beriladi: MDH davlatlari fuqarolari uchun olti oy muddatda, boshqa mamlakat fuqarolari uchun esa viza amal qilish davriga mos ravishda rasmiylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu mexanizmni joriy etish bo‘yicha farmonni 2025-yil oktabr oyida imzolagan va tizim 2026-yil boshidan ishga tushirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Tailand 15-iyuldan O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz tartibni bekor qiladi
/
Tailand 15-iyuldan O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz tartibni bekor qiladi
O‘zbekistonning davlat qarzi $46,9 mlrdga yetdi
/
O‘zbekistonning davlat qarzi $46,9 mlrdga yetdi
O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
/
O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi