Google O‘zbekiston talabalariga $60 lik Gemini obunasini bepul taqdim etadi

SheerID platformasi O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritdi

Google O‘zbekiston talabalariga $60 lik Gemini obunasini bepul taqdim etadi

O‘zbekiston talabalari Google Gemini AI Plus obunasidan bir yil davomida bepul foydalanishi mumkin. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Talabalarning maxsus takliflardan foydalanish huquqini tekshiruvchi xalqaro SheerID platformasi O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritdi. Google Gemini AI Plus obunasining bir yillik qiymati $60 ni tashkil etadi.

Talabalik maqomi muvaffaqiyatli tasdiqlanganidan so‘ng foydalanuvchilar Google’ning sun’iy intellektga asoslangan xizmatlaridan kengaytirilgan imkoniyatlar bilan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

Obuna Gemini’dan foydalanish uchun oshirilgan limitlar, Flash Thinking modelidan foydalanish imkoniyati hamda Google Photos, Google Drive va Gmail xizmatlari uchun 400 GB bulutli xotirani o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, foydalanuvchilar video yaratishga mo‘ljallangan Google Flow vositalaridan foydalanishi, Gemini imkoniyatlarini bevosita Gmail ichida qo‘llashi hamda o‘quv va tadqiqot materiallari bilan ishlashga mo‘ljallangan NotebookLM xizmatidan kengaytirilgan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Obuna, shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi musiqa yaratish vositasining qo‘shimcha imkoniyatlarini ham taqdim etadi.

Obunani olish uchun talabalar Aileaders.uz platformasi orqali talabalik maqomini tasdiqlashi kerak. Platformada sun’iy intellekt bo‘yicha 100 dan ortiq xalqaro kurslar ham mavjud.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Raqobat qo‘mitasi kreditdan ortiqcha to‘lovlarni asosiy qarzga yo‘naltirish tartibini o‘zgartirishni taklif qildi
/
Raqobat qo‘mitasi kreditdan ortiqcha to‘lovlarni asosiy qarzga yo‘naltirish tartibini o‘zgartirishni taklif qildi
Misr O‘zbekistondan boradigan sayyohlar uchun kirish tartibini o‘zgartiradi
/
Misr O‘zbekistondan boradigan sayyohlar uchun kirish tartibini o‘zgartiradi
O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi
/
O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi