Yil boshidan buyon Oʻzbekistonda 47 mingdan ortiq elektromobil import qilindi

Shunga qaramay, oktabr oyida savdo hajmi 40% ga kamaygan

Yil boshidan buyon Oʻzbekistonda 47 mingdan ortiq elektromobil import qilindi

2025-yil yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekistonga rekord darajada koʻp — umumiy qiymati $544,1 mlnlik 47 264 dona elektromobil import qilindi. Bu koʻrsatkich 2023-2024-yillarning toʻliq davridagidan ham yuqori hisoblanadi.

Joriy yilda 10 oylik import 2024-yil mos davridagidan (22 220 dona) ikki baravar oʻsgan. Oktabr oyining oʻzida xorijdan jami qiymati $71,4 mlnlik 6 933ta elektromobil olib kelingan. Mazkur raqamlar 2024-yil oktabrdagiga qaraganda 1,74 baravar koʻp. Biroq 2025-yil sentabrdagi koʻrsatkichdan 4 601 taga yoki 40% ga kam.

Import qilinayotgan har bir elektromobilning oʻrtacha qiymati oshib boryapti. Masalan, oktabrdagi qiymat $10,3 ni tashkil etgan. Taqqoslash uchun, oʻtgan yilning oktabr oyida bu raqam $5,2 ming, shu yil sentabrda $9,9 mingdan toʻgʻri kelgan.

Bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan 2024-yilda xorijdan Oʻzbekistonga umumiy qiymati $224,7 mlnlik 24 091 dona elektromobil olib kelingan. 2023-yilda esa 16 084 dona elektrda harakatlanuvchi avtomobillar import qilingandi. Biroq u davrda elektromobillar soni kam boʻlsa-da, xarid qilingan narx yuqori boʻlgan — $433,8 mln.

Maʼlumot uchun, 2025-yil yanvar-oktabr oylarida benzinda harakatlanuvchi avtomobillar importi 2024-yil mos davriga nisbatan ikki baravar, gibridlar olti baravardan ortiq qisqargan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Regulyator foiz stavkalarini belgilashda pul-kredit siyosatining qat’iylik darajasiga e’tibor qaratmoqda — Ishmetov
/
Regulyator foiz stavkalarini belgilashda pul-kredit siyosatining qat’iylik darajasiga e’tibor qaratmoqda — Ishmetov
Prezident Toshkentda sun’iy ko‘l va suv havzalari sonini 12 taga yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi
/
Prezident Toshkentda sun’iy ko‘l va suv havzalari sonini 12 taga yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi
Energetika sohasida 2032-yilgacha umumiy qiymati $5,8 mlrdlik 73 ta loyiha amalga oshiriladi
/
Energetika sohasida 2032-yilgacha umumiy qiymati $5,8 mlrdlik 73 ta loyiha amalga oshiriladi