O‘zbekistonda Magnus Fusion 212 samolyotlarini ishlab chiqarilishi mumkin

Transport vazirligi va Vengriyaning Magnus Aircraft Zrt kompaniyasi hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi

O‘zbekistonda Magnus Fusion 212 samolyotlarini ishlab chiqarilishi mumkin

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Vengriyaning “Magnus Aircraft Zrt.” kompaniyasi bosh direktori Laslo Borosh bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar davomida kompaniya ishlab chiqarayotgan Magnus Fusion 212 samolyotlarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyati muhokama qilindi.

“Magnus Aircraft Zrt.” — kompozit materiallardan tayyorlangan innovatsion samolyotlarni loyihalash, ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan vengriyalik xalqaro kompaniya hisoblanadi.

Kompaniyaning bosh qarorgohi Vengriyaning Pogan shahrida, Pech-Pogan xalqaro aeroporti (LHPP) yaqinida joylashgan bo‘lib, taxminan 8000 kvadrat metr hududni egallaydi.

Magnus guruhi vakillari hozirda AQSH, Xitoy, Keniya, Nigeriya, Serbiya hamda Yaqin Sharq davlatlarida faoliyat yuritmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Samarqand 2030-yilgacha zamonaviy “yashil shahar”ga aylantiriladi
/
Samarqand 2030-yilgacha zamonaviy “yashil shahar”ga aylantiriladi
Oʻzbekiston va Gruziya $1 mlrddan ortiq investitsiya va savdo bitimlarini imzoladi
/
Oʻzbekiston va Gruziya $1 mlrddan ortiq investitsiya va savdo bitimlarini imzoladi
O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksporti qariyb $140 mlnga yetdi
/
O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksporti qariyb $140 mlnga yetdi