O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida 15 ta hujjat imzolandi

Xususan, tomonlar viza talablarini bekor qilish to‘g‘risida kelishuvga erishdi

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida 15 ta hujjat imzolandi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn Sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi.

Umuman, tashrif doirasida 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi, jumladan:

  • Ekstraditsiya to‘g‘risida bitim;
  • Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida bitim;
  • Qo‘shma komissiya tuzish to‘g‘risida bitim;
  • Viza talablarini bekor qilish to‘g‘risida bitim;
  • Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;
  • Tovarlar va transport vositalari harakati to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlarni onlayn almashish to‘g‘risida bayonnoma;
  • Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • O‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Veterinariya sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida memorandum;
  • Din ishlari bo‘yicha anglashuv to‘g‘risida idoralararo memorandumlar;
  • Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston iyul oyida $1,3 mlrdlik oltin eksport qildi
/
O‘zbekiston iyul oyida $1,3 mlrdlik oltin eksport qildi
O‘zbekistondan Malayziyaga borayotgan turistlar soni 62% ga oshdi
/
O‘zbekistondan Malayziyaga borayotgan turistlar soni 62% ga oshdi
Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi
/
Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi