O‘zbekiston va Eron tovar ayirboshlash hajmini $500 mlndan $2 mlrdga oshirishni rejalashtirmoqda

Tomonlar $1 mlrdlik loyihalar portfelini ishlab chiqdi

O‘zbekiston va Eron tovar ayirboshlash hajmini $500 mlndan $2 mlrdga oshirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Eron tovar ayirboshlash hajmini to‘rt baravargacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.

11-may kuni Tehronda bosh vazir Abdulla Aripov hamda Eronning birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Oref boshchiligidagi hukumatlar delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini $500 mlndan $2 mlrdga oshirish imkoniyati muhokama qilinib, transport-logistika sohasidagi hamkorlikni yaxshilashda mavjud masalalarni “zudlik bilan hal etish” uchun harakatlarni birlashtirish, aniq choralarni ko‘rish lozimligi qayd etildi.

Shuningdek, tomonlar sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, hududlar aro aloqalarni faollashtirish, ilm-fan, ta’lim, texnologiya va innovatsiyalar, turizm, madaniy-gumanitar yo‘nalishlardagi hamkorlikni kengaytirish muhim ekanini bildirdilar. Kelishuvlar ijrosini o‘z vaqtida bajarish uchun tegishli vazirlik va idoralar faol ishlashlari lozimligi aytildi.
O‘zbekiston va Eron o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha 2025−2027-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”, Imtiyozli savdo bitimining tovarlar ro‘yxatini tasdiqlash bayonnomasi imzolandi.

Shu bilan birga, O‘simliklar himoyasi va karantini sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hamda Halol standart sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumlari tasdiqlandi.

Tehronda o‘tkazilgan O‘zbekiston-Eron biznes forumida mavjud zaxiralar tahlili asosida $1 mlrdlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlari shakllantirildi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston dunyodagi ko‘plab davlatlar bilan imtiyozli savdo tizimiga ega ekani ma’lum qilinib, eronlik ishbilarmonlar Xorazm va Samarqand viloyatlaridagi sanoat zonalari imkoniyatlardan foydalanishga taklif etildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi