O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida Qo‘shma deklaratsiya imzolandi

Shuningdek, investitsiyalarni rag‘batlantirish, iqtisodiy hamkorlik, mehnat migratsiyasi kabi sohalarda 10 dan ortiq hujjat qabul qilindi

O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida Qo‘shma deklaratsiya imzolandi

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Serbiya prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich Qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Yetakchilar huzurida hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to‘plamini qabul qilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi:

  • Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida bitim;
  • Iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Tibbiy xizmatlar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Muhandislik, ilg‘or texnologiyalar, sun’iy intellekt va turdosh sohalardagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Diplomatik kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha 2026−2027-yillarga mo‘ljallangan dastur;
  • Mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
  • Sport va jismoniy tarbiya sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • Toshkent va Belgrad shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Xorazmda kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish uchun 6,4 trln so‘m yo‘naltirildi
/
Xorazmda kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish uchun 6,4 trln so‘m yo‘naltirildi
O‘zbekistonda avtoturargohlarga elektromobil quvvatlash stansiyalarini o‘rnatish talablari yangilandi
/
O‘zbekistonda avtoturargohlarga elektromobil quvvatlash stansiyalarini o‘rnatish talablari yangilandi
O‘zbekistonda qarz oluvchilarning 29% bir nechta kreditdan foydalanadi
/
O‘zbekistonda qarz oluvchilarning 29% bir nechta kreditdan foydalanadi