O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston chegarasida erkin savdo va sanoat zonalari tashkil etishi mumkin

Bu zonalar Qo‘rg‘ontepa yoki Xo‘jaobod tumanlarida joylashadi

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston chegarasida erkin savdo va sanoat zonalari tashkil etishi mumkin

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida erkin savdo va sanoat zonalari tashkil etilishi mumkin. Bu haqda 16-aprel kuni Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Unda har yili Andijondan Qirg‘izistonga $200 mlnlik eksport amalga oshirilayotgani qayd etildi. Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa va Xo‘jaobod tumanlarida ham xuddi Afg‘oniston chegarasidagi kabi erkin savdo va sanoat zonalarini tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Prezident mutasaddilarga tadbirkorlar bilan maslahatlashib, ikkita hududdan bittasini tanlab, master-reja ishlab chiqishni topshirdi.

Xo‘jaoboddagi Do‘stlik postidagi katta tirbandlikdan aholi ham, tashuvchilar ham norozi ekaniga e’tibor qaratildi. Mas’ul vazirlik va idoralar oldiga tirbandlik sababini o‘rganib, tez fursatda buning yechimi bo‘yicha taklif berish vazifasi qo‘yildi.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy temir yo‘lini qurish bo‘yicha yirik loyiha ishga tushishi natijasida tashish muddati 1 haftaga, masofasi 1 ming kmga qisqarishi, yuk tashish 10 barobarga oshishi kutilmoqda.

“Lekin, ichki temir yo‘l tarmoqlarimiz, bojxona punktlari, stansiyalar bu yukni qabul qilish va o‘tkazishga qanchalik tayyor?”, — deya savol qo‘ydi davlat rahbari. 

Mutasaddilarga hisob-kitob qilib, amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha dastur tayyorlash topshirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 37 ta tumanda oilaviy tadbirkorlik kreditlari 12%gacha arzonlashadi
/
O‘zbekistonda 37 ta tumanda oilaviy tadbirkorlik kreditlari 12%gacha arzonlashadi
Mamlakatdagi 903 ta mahallada kichik quyosh stansiyalari quriladi
/
Mamlakatdagi 903 ta mahallada kichik quyosh stansiyalari quriladi
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmi 30% ga oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmi 30% ga oshdi