Gonkong O’zbekiston orqali Yevropaga tovarlar eksport qilmoqchi

O'zbekiston transport vazirligi va Gonkong aviatsiya hukumati Yevropa, Turkiya va Arab mamlakatlariga yuk eksportini tashkil etish bo'yicha bitim imzoladi

Gonkong O’zbekiston orqali Yevropaga tovarlar eksport qilmoqchi

O’zbekiston Gonkong aviatsiya hukumati bilan kelishuvga erishildi. Bu haqda trasport vazirligi xabar berdi.

Mazkur kelishuv O‘zbekistonda tashkil etilgan yangi aviakompaniyalar uchun yangi parvoz maskani  hamda sayyohlarni O‘zbekistonga olib kelishi uchun keng imkoniyatlar berishi bilan bir qatorda Gonkongdan Yevropa, Turkiya, Arab hamda boshqa mamlakatlarga yuklarni O‘zbekiston orqali tranzit qilish uchun zamin yaratadi.

Gonkong xalqaro aeroportida yiliga 40 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilib, 270 mingdan ortiq uchish-qo‘nish operatsiyalari amalga oshiriladi.

Shuningdek, 4.3 mln tonna yuk havo kemalari orqali tashiladi. Aeroportdan 120 dan ortiq aviakompaniyalar 220 dan ortiq yo‘nalishlarga aviaqatnovlarni amalga oshirib keladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston fuqarolari Tailand vizasini Moskvaga bormasdan rasmiylashtirishi mumkin
/
O‘zbekiston fuqarolari Tailand vizasini Moskvaga bormasdan rasmiylashtirishi mumkin
Binance O‘zbekistonda kripto-aktivlar bozorini rivojlantirish uchun nimalar zarurligini o‘rgandi
/
Binance O‘zbekistonda kripto-aktivlar bozorini rivojlantirish uchun nimalar zarurligini o‘rgandi
Ozarbayjon banki Davr Bank’ning 51% aksiyasini $140 mln ga sotib oldi
/
Ozarbayjon banki Davr Bank’ning 51% aksiyasini $140 mln ga sotib oldi