O‘zbekiston oltin sotishda yetakchilik qilmoqda

Fevral oyida mamlakat 12 tonna qimmatbaho metalni sotdi

O‘zbekiston oltin sotishda yetakchilik qilmoqda

Fevral oyida jahon markaziy banklarining oltin zaxiralari 24 tonnaga ko‘paydi. Bu haqda Jahon oltin kengashi (WGC) ma’lum qilmoqda.

Eng ko‘p xaridni Polsha Milliy banki amalga oshirdi, u o‘z zaxiralarini 29 tonnaga to‘ldirgan. Yil boshidan beri u zaxiralarini 32 tonnaga oshirib, umumiy zaxiralarini 480 tonnaga yetkazgan. Bu bankning barcha zaxiralarining 20% iga teng. Oltinga talabi yuqori bo‘lgan boshqa davlatlar qatorida Xitoy, Turkiya va Chexiya ham bor.

Shu bilan birga, fevral oyida O‘zbekiston Markaziy banki 12 tonna, Qozog‘iston Milliy banki esa 8 tonna oltin sotdi. Yil boshidan buyon har ikki bank o‘z zaxiralarini 4 tonnaga qisqartirib, sof savdo hajmi bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi