“Oʻzagrosugʻurta” AJ kapitalidagi 99,35% davlat aksiyalari sotuvga qoʻyildi

Talabgorlar arizalarni 22-avgustga qadar yuborishlari mumkin

“Oʻzagrosugʻurta” AJ kapitalidagi 99,35% davlat aksiyalari sotuvga qoʻyildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi  “Oʻzagrosugʻurta” AJ ustav kapitalidagi 99,35% davlat aksiyalar paketini xususiylashtirish boʻyicha xalqaro ochiq savdo jarayoni boshladi.

Xususiylashtirish jarayonida “Deloitte” xalqaro kompaniyasi – yetakchi moliyaviy konsultant sifatida hamda moliyaviy, soliq va yuridik ekspertiza oʻtkazish, mustaqil baholovchi sifatida “PwC” xalqaro kompaniyasi jalb qilingan.

“Oʻzagrosugʻurta” AJ – Oʻzbekistondagi yirik sugʻurta kompaniyalardan biri boʻlib, sugʻurta sohasining barcha 17 ta klassi boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslarga 100 dan ortiq sugʻurta xizmatlarini Respublika boʻylab 1000 nafarga yaqin sugʻurta agentlari orqali taqdim etadi.

Aktiv, Moody’s Investors Service xalqaro reyting agentligining “Ba3” – o‘rtacha darajadagi hamda barqaror moliyaviy holatini aks ettiradigan kredit reytingiga ega bo‘lib, 2024-yil yakuniga koʻra kompaniyaning sugʻurta mukofotlari 418,2 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Savdo jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi:

  • Sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (“Expression of interest/ EoI”);
  • Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni qabul qilish (“BO”).

Qiziqish bildirish bosqichida talabgorlardan quyidagi maʼlumotlar bilan sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish toʻgʻrisidagi arizalarini (Express of interest) taqdim etishlari soʻraladi:

  1. Talabgor toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot (roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, faoliyat turi).
  2. Ishtirokchining ustav kapitalida 5% dan ortiq ulushga ega boʻlgan aksiyadorlar/ishtirokchilar (ulushi koʻrsatilgan holda) hamda yakuniy benefitsiarlar toʻgʻrisida maʼlumot.
  3. Soʻnggi 3 moliya yili uchun moliyaviy hisobot.

Talabgorlar qiziqish bildirishi toʻgʻrisidagi arizalarini oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida tayyorlab, 2025-yil 22-avgust Toshkent vaqti bilan soat 23:59 ga qadar jmamadjanov@deloitte.uz elektron pochta manziliga yuborishlari talab etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi