O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6,82 mln so‘mga yetdi

Toshkentda eng yuqori, Qashqadaryoda esa eng past maosh qayd etildi

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6,82 mln so‘mga yetdi

2026-yil I choragida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 6,82 mln so‘mni tashkil etdi. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 1 mln so‘mga yoki 17,4% ga oshgan.

Hududlar kesimida eng yuqori o‘rtacha ish haqi Toshkent shahrida qayd etildi — 11,7 mln so‘m. Bu o‘tgan yilga nisbatan 18,8% ga ko‘p. Keyingi o‘rinda Navoiy viloyati bo‘lib, bu yerda o‘rtacha maosh 8,45 mln so‘mni tashkil etgan va yillik o‘sish 15,7% ga yetgan.

Qolgan barcha hududlarda ish haqi respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan past shakllangan. Eng past o‘rtacha maosh Qashqadaryo viloyatida qayd etilib, 4,66 mln so‘mni tashkil qilgan.

Soha kesimida eng yuqori ish haqi bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatlarida kuzatilib, o‘rtacha 18,6 mln so‘mni tashkil etgan (+18,2%). Shuningdek, axborot va aloqa sohasida o‘rtacha maosh 16,52 mln so‘mga yetib, 11% ga oshgan.

Tashish va saqlash (10,7 mln so‘m), sanoat (8 mln so‘m) hamda savdo (7,21 mln so‘m) sohalarida ham o‘rtacha ish haqi respublika darajasidan yuqori bo‘lgan.

Eng past oylik ish haqi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasida qayd etilib, 3,5 mln so‘mni tashkil etgan. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar xodimlari o‘rtacha 4,11 mln so‘m (+13%), ta’lim sohasi vakillari esa 4,61 mln so‘m (+14,2%) maosh olgan.

Ma’lumot uchun, 2025-yil yakunida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6,4 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lib, bu 2024-yilga nisbatan 18,9% ga oshgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

YeTTB “O‘zbekiston temir yo‘llari”ni raqamlashtirish uchun 38 mln yevro kredit ajratadi
/
YeTTB “O‘zbekiston temir yo‘llari”ni raqamlashtirish uchun 38 mln yevro kredit ajratadi
Markaziy bank moliya tashkilotlari uchun yangi jarimalarni tasdiqladi
/
Markaziy bank moliya tashkilotlari uchun yangi jarimalarni tasdiqladi
O‘zbekiston 2030-yilda turistik xizmatlar eksportini $6 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston 2030-yilda turistik xizmatlar eksportini $6 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqda