OSON Ostona xalqaro moliya markazidan dastlabki rozilikni oldi

Bu kompaniyaga AIFC’ning FinTech Lab dasturida ishtirok etish imkonini beradi

OSON Ostona xalqaro moliya markazidan dastlabki rozilikni oldi

Xalqaro fintech-holding “OSON” Ostona xalqaro moliya markazi (AIFC) regulyatori — Astana Financial Services Authority (AFSA)dan sho‘ba korxonasi “OsonX Ltd.” uchun dastlabki rozilikni oldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur qaror kompaniyaga AIFC’ning FinTech Lab dasturida ishtirok etish imkonini beradi hamda xalqaro moliyaviy infratuzilmani rivojlantirish yo‘lidagi muhim bosqich hisoblanadi.

Kompaniya avval Dubay xalqaro moliya markazi (DIFC) yurisdiksiyasida faoliyatini yo‘lga qo‘ygan edi. Endilikda AIFC’ga kirish “OSON” uchun Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq o‘rtasida yagona texnologik va moliyaviy platformani shakllantirish bo‘yicha ikkinchi strategik qadam sifatida baholanmoqda.

Kompaniya asoschisi va bosh direktori Farhod Mahmudovning ta’kidlashicha, AFSA tomonidan berilgan IPA kompaniya jamoasining faoliyati va salohiyatiga berilgan e’tirofdir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, FinTech Lab dasturida ishtirok etish klassik to‘lov tizimlari va innovatsion moliyaviy yechimlarni xavfsiz hamda qonuniy muhitda sinovdan o‘tkazish imkonini yaratadi.

Hozirda kompaniya AFSA talablarini bajarish va ichki jarayonlarni yakuniy moslashtirish ustida ishlamoqda. Ushbu bosqich yakunlangach, “OsonX Ltd.” to‘liq litsenziya olib, yangi mahsulotlarini xalqaro bozorda ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, “OSON” Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqda raqamli to‘lovlar, elektron hamyonlar, to‘lov infratuzilmasi hamda moliyaviy xizmatlarni rivojlantiruvchi xalqaro fintech-holding hisoblanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistondan Malayziyaga borayotgan turistlar soni 62% ga oshdi
/
O‘zbekistondan Malayziyaga borayotgan turistlar soni 62% ga oshdi
Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi
/
Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi
O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya 10 yilda 3,3 baravarga oshdi
/
O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya 10 yilda 3,3 baravarga oshdi