OSON birinchi investitsiya bosqichiga kirishmoqda va global kengayishni tezlashtirmoqda

Kompaniya direktori ta'kidlashicha, 2027-yil oxirigacha investitsiyalarning ikki bosqichi rejalashtirilgan

OSON birinchi investitsiya bosqichiga kirishmoqda va global kengayishni tezlashtirmoqda

Fintech-holding OSON birinchi sarmoyaviy bosqichga tayyorgarlik ko‘rmoqda va boshqaruv tuzilmasini o‘zgartirmoqda. Kompaniya asoschisi va bosh direktori Farhod Mahmudov o‘zbek sho‘ba korxonasi ta’sischilari tarkibidan chiqib, global miqyosda guruh direktorlar kengashiga rahbarlik qiladi.

Hozirda kompaniyaning 6 mamlakatda 7 ta kompaniyani boshqarmoqda va eng yaqin strategik yo‘nalishi Fors ko‘rfazi davlatlariga faol kirib borishdir. Shu paytgacha barcha loyihalar ta’sischilarning shaxsiy mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan, endi esa kompaniya institutsional sarmoyaga eshiklarini ochmoqda.

Mahmudovning aytishicha, 2027-yil oxirigacha investitsiyalarning ikki bosqichi rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda investorlar tarkibi aniqlanib bo‘lgan, bitim tafsilotlari u yakunlangandan so‘ng oshkor etiladi. Ikkinchi bosqich yirik xorijiy fondlarni jalb etishga qaratilgan.

Biz mintaqaviy o‘yinchidan xalqaro fintech-holdingga aylanmoqdamiz. Qozog‘iston va BAAdagi kompaniyalarimiz allaqachon foyda keltirmoqda, yangi bozorlar esa o‘zbekistonlik investorlar va xalqaro kapital ko‘magida rivojlanadi, — dedi OSON asoschisi.

Kompaniya mahsulotlarining asosiy yo‘nalishi xalqaro va transchegaraviy moliyaviy operatsiyalar bo‘lib qolmoqda. Hozir esa aynan shu yo‘nalishda kelgusi o‘sish va kengayish imkoniyatini ko‘rmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UZBEKENERGOTAMIR Toshkentda yangi “Iyk ota” podstansiyasini qurib bitkazdi
/
UZBEKENERGOTAMIR Toshkentda yangi “Iyk ota” podstansiyasini qurib bitkazdi
Octobank xalqaro hisob-kitoblar uchun valyutalar turini 16 taga yetkazdi —Meksika pesosidan tortib Polsha zlotisigacha
/
Octobank xalqaro hisob-kitoblar uchun valyutalar turini 16 taga yetkazdi —Meksika pesosidan tortib Polsha zlotisigacha
2026-yilda Toshkentda bolani maktabga tayyorlash qanchaga tushadi
/
2026-yilda Toshkentda bolani maktabga tayyorlash qanchaga tushadi