Toshkentdagi “O‘rikzor” savdo kompleksi buzilmaydi

Shahar hokimligi bu haqdagi xabarlarni rad etdi

Toshkentdagi “O‘rikzor” savdo kompleksi buzilmaydi

“O‘rikzor” savdo kompleksi buzilayotgani, sotuvchilarga mahsulotlarini sotib olishga 1 oy vaqt berishgani haqidagi xabarlarni Toshkent shahar hokimligi rad etdi.

Hokimlik uning tugatilishi, buzilishi, rekonstruksiya qilinishi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi.

“O‘rikzor savdo kompleksi” MCHJ hech qanday qurilish yoki qayta qurish ishlari munosabati bilan yopilmaydi. Majmua hududidagi barcha obyektlar belgilangan ish tartibida (haftasiga 7 kun, dam olish kunlarisiz) faoliyatini davom ettirmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.

Poytaxt hokimligi tasdiqlanmagan, norasmiy xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi.

Iyun oyi o’rtalarida “O‘rikzor” qurilish bozorining Stroy Gorod savdo pavilonlarida elektr simlarida ko‘plab yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilgani aniqlangani sababli yopilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UzNIF fondi $1,95 mlrdga baholanib, davlat aksiyalarining 30% qismini sotadi
/
UzNIF fondi $1,95 mlrdga baholanib, davlat aksiyalarining 30% qismini sotadi
Kelgusi oylarda so‘m kursiga yuqori bosim kutilmayapti — Markaziy bank
/
Kelgusi oylarda so‘m kursiga yuqori bosim kutilmayapti — Markaziy bank
Rossiya o‘zbekistonlik yuk haydovchilari uchun mamlakatda bo‘lish muddatini 2 baravar uzaytirdi
/
Rossiya o‘zbekistonlik yuk haydovchilari uchun mamlakatda bo‘lish muddatini 2 baravar uzaytirdi