Future Open Technologies “Open bank”ning qolgan ulushlarini ham sotib oldi
Kompaniya bankning 500 mlrd so‘mlik ustav kapitalidagi 100% ulushini o‘z hisobiga o'tkazdi
Future Open Technologies MCHJ “Open bank”ning yagona aksiyadoriga aylandi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida e’lon qilingan ma’lumotlarda keltirilgan.
25-iyun kuni oshkor qilingan axborotga ko‘ra, kompaniya bankning ustav kapitalidagi 500 mlrd so‘mlik 100% ulushini o‘z nomiga rasmiylashtirgan.
Mazkur bitimga qadar Future Open Technologies bank aksiyalarining 85% dan ortig‘iga egalik qilgan. Qolgan ulushlar Zafar Adilov (4,9%) va Komilxo‘ja Sultonov (10%) tasarrufida bo‘lgan.
“Open bank” dastlab 2022-yilda “Smart bank” nomi ostida Markaziy bankdan bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan. Bank o‘sha paytda “Agrobank”ga tegishli kompaniya negizida tashkil etilgan.
2025-yil boshida Future Open Technologies “Smart bank”ning 451 mlrd so‘mlik 90,2% ulushini sotib olgan. Shundan so‘ng bank rebrending qilinib, uning nomi “Open bank”ga o‘zgartirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida “Agrobank” aksiyadorlari “Open bank”ni sotib olish bo‘yicha qaror qabul qilgan edi. Bank aksiyalarini xarid qilish yuzasidan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” ijrosi “Agrobank” boshqaruvi zimmasiga yuklatilgandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ