Oman Air iyundan Maskat — Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshirilib, parvoz vaqti taxminan 4 soatni tashkil etadi

Oman Air iyundan Maskat — Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Oman Air 2026-yil 1-iyundan Muscat — Toshkent — Maskat yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni boshlaydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Reyslar haftasiga ikki marta bajariladi, parvoz vaqti taxminan 4 soatni tashkil etadi. Yangi yo‘nalish ikki davlat o‘rtasidagi biznes aloqalarni mustahkamlash va turizm salohiyatini kengaytirishga qaratilgan.

Kompaniya rahbari Kon Korfiatis ushbu reys istiqbolli bozorlarda barqaror tijoriy tarmoq yaratish strategiyasining bir qismi ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo xalqaro turizm uchun muhim hududga aylanmoqda va yangi qatnov O‘zbekistondan Ummon sultonligiga sayyohlar oqimini oshirishga xizmat qiladi.

Toshkent aviakompaniya tomonidan boy madaniy meros va tarixiy obidalarga ega yo‘nalish sifatida baholanmoqda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar tarixan Buyuk ipak yo‘li bilan bog‘langan ikki mamlakatni yanada yaqinlashtiradi.

2025-yil aprel oyida “O‘zaviatsiya” Oman Air’ga O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ekspluatatsiya ruxsatnomasini bergan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 500 gektargacha yer ajratilib, imtiyozli kredit beriladi
/
Plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 500 gektargacha yer ajratilib, imtiyozli kredit beriladi
Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan loyihasi bo‘yicha qonunni birinchi o‘qishda ma’qulladi
/
Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan loyihasi bo‘yicha qonunni birinchi o‘qishda ma’qulladi
O‘zbekistonda telekommunikatsiya bozori 2025-yilda 18,3% ga o‘sdi
/
O‘zbekistonda telekommunikatsiya bozori 2025-yilda 18,3% ga o‘sdi