O‘zbekistonda oltin quymalari yangi rekord qiymatiga yetdi
Xususan, 5 grammlik quyma 6,426 mln so‘mdan sotilmoqda
Фото: Центральный банк
17-mart kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
1 gramm oltin 1,285 mln 280 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik o‘lchovli quyma 6,426 mln so‘mdan sotilmoqda.
Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:
- 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 6,426 mln so‘m;
- 10 gramm oltin quyma narxi 12,853 mln som;
- 20 gramm oltin quyma narxi 25,706 mln so‘m;
- 50 gramm oltin quyma narxi 64,264 mln so‘m;
- 100 gramm oltin quyma narxi 128,528 mln so‘mni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 14-mart kuni dunyo birjalarida oltinning narxi ko‘tarilishi fonida O‘zbekistonda ham narxlar oshgan edi. O‘tgan hafta bir gramm oltin narxi 1,272 mln so‘mni tashkil etgan. Xususan, 5 grammlik quyma 6,362 mln so‘mdan, yanvar oyida sotuvga chiqarilgan 100 grammlik quyma esa 127,24 mln so‘mdan sotilgandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ