O‘zbekistonga ishbilarmonlik tashriflari soni 3,4 barobar ko‘paydi

Eng ko‘p xorijiy fuqarolar Afg‘oniston, Tojikiston va Turkmanistondan kelgan

O‘zbekistonga ishbilarmonlik tashriflari soni 3,4 barobar ko‘paydi

Yanvar-iyun oylari davomida 223,6 ming nafar chet el fuqarosi tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilmoqda.

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,4 barobar yoki 158,6 ming kishiga oshgan.

Joriy yilning olti oyida kelganlarning eng ko‘p qismi Afg‘oniston fuqarolari bo‘lib, ular soni 207,5 ming kishini tashkil etgan. Ikkinchi o‘rinda Tojikiston fuqarolari — 12,2 ming kishi. Uchinchi o‘rinda esa Turkmaniston — 1,6 ming kishi bilan joy olgan.

Qolgan kelgan chet ellik fuqarolar ro‘yxati quyidagicha:

  • Rossiya — 451 nafar;
  • Turkiya — 276 nafar;
  • Qozog‘iston — 255 nafar;
  • Boshqa davlatlar — 1,1 ming kishi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda avtoturargohlarga elektromobil quvvatlash stansiyalarini o‘rnatish talablari yangilandi
/
O‘zbekistonda avtoturargohlarga elektromobil quvvatlash stansiyalarini o‘rnatish talablari yangilandi
O‘zbekistonda qarz oluvchilarning 29% bir nechta kreditdan foydalanadi
/
O‘zbekistonda qarz oluvchilarning 29% bir nechta kreditdan foydalanadi
O‘zbekistonda katta yoshdagi aholining atigi 4%i jamg‘arma yoki muddatli depozitga ega
/
O‘zbekistonda katta yoshdagi aholining atigi 4%i jamg‘arma yoki muddatli depozitga ega