Olmaliq va Termiz shaharlari uchun 183 ta yangi avtobuslar sotib olinadi
Bunda Xitoyning “Zhongtong Bus Holdings Co., Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlik qilinmoqda
Фото: Telegram/Ко дну
19-fevral kuni Transport vazirining birinchi o‘rinbosari M.Omarov videokonferens aloqa orqali Xitoyning “Zhongtong Bus Holdings Co., Ltd” kompaniyasi, CIB banki hamda “SINOSURE” sug‘urta tashkiloti mutasaddilari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida Olmaliq, Termiz hamda Toshkent shahriga zamonaviy avtobuslarni xarid qilish loyihalarini moliyalashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.
Xususan, Olmaliq shahriga “OLMALIQ TRANS SERVICE» MCHJ tomonidan 83 dona, Termiz shahri uchun “Termiztransportxizmat” MCHJ tomonidan 100 dona zamonaviy avtobuslarni sotib olish orqali aholiga ko‘rsatilayotgan jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish rejalashtirilgan.
Avvalroq, Transport vaziri Ilhom Mahkamov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida 2025-yilda Toshkentga mingta yangi avtobus olib kelinishi haqida ma’lum qilgandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ