YeTTB “O‘zbekiston temir yo‘llari”ni raqamlashtirish uchun 38 mln yevro kredit ajratadi

Mablag‘ yuk tashuvlarini boshqarish tizimini modernizatsiya qilish va temir yo‘l operatorining kiberxavfsizligini kuchaytirishga yo‘naltiriladi

YeTTB “O‘zbekiston temir yo‘llari”ni raqamlashtirish uchun 38 mln yevro kredit ajratadi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga raqamli transformatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun 38 mln yevro miqdorida kredit ajratadi. Bu haqda moliyaviy tashkilot matbuot xizmati ma’lum qildi.

Loyiha doirasida umumiy uzunligi 6,95 ming kilometrni tashkil etuvchi temir yo‘l tarmog‘ini boshqarishda qo‘lda amalga oshiriladigan jarayonlardan zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarga o‘tish ko‘zda tutilgan. Yangi dasturiy yechimlar yuk tashish jadvalini samaraliroq nazorat qilish va dispetcherlik jarayonlarini tezkor boshqarish imkonini beradi.

Shuningdek, loyiha doirasida axborot xavfsizligi tizimlari ham xalqaro ilg‘or standartlar asosida modernizatsiya qilinadi. Bu esa kompaniyaga kiberhujumlar xavfini kamaytirish va raqamli infratuzilmaning uzluksiz faoliyatini ta’minlashga yordam beradi.

YeTTBning qayd etishicha, tashabbus yuk va yo‘lovchi tashish xavfsizligini oshirish, shuningdek, Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagining o‘tkazuvchanlik salohiyatini sezilarli darajada kengaytirishga xizmat qiladi.

Bank fikricha, ushbu texnologik yangilanishlar O‘zbekiston temir yo‘l tarmog‘ida zamonaviy boshqaruv standartlarini joriy etish va sohani raqamli rivojlantirishning yangi bosqichiga zamin yaratadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UzNIFning sof foydasi 2 trln so‘mga yetdi
/
UzNIFning sof foydasi 2 trln so‘mga yetdi
2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston banklari qancha daromad oldi
/
2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston banklari qancha daromad oldi
Markaziy bank: Valyuta birjasidagi savdolar muddati 7 soatga uzaytiriladi
/
Markaziy bank: Valyuta birjasidagi savdolar muddati 7 soatga uzaytiriladi