Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi

U so‘nggi bir yil davomida direktor o‘rinbosari sifatida moliyaviy va strategik yo‘nalishlarni muvofiqlashtirib kelgan

Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi

Rustam Turg‘unov IT Park Capital tashkilotining yangi direktori etib tayinlandi. Bunga qadar ushbu lavozimni egallab kelgan Jahongir Kagirov IT Park Uzbekistan’ning Eksportni rivojlantirish bo‘yicha direktori lavozimiga o‘tdi, deb xabar bermoqda IT Park Capital matbuot xizmati.

Rustam Turg‘unov IT Park Capital’dagi faoliyatini 2022-yilda kredit inspektori sifatida boshlagan. Ushbu davrda u axborot texnologiyalari sohasidagi kompaniyalar uchun moliyaviy instrumentlarni baholash va tizimlashtirish yo‘nalishlarida tajriba to‘plagan.

2024-yilda u tahlil va monitoring bo‘yicha bosh mutaxassis etib tayinlanib, kredit portfelini tahliliy kuzatish hamda amalga oshirilayotgan dasturlar samaradorligini baholash bilan shug‘ullandi.

2025-yildan buyon IT Park Capital direktorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Rustam Turg‘unov tashkilotning asosiy moliyaviy va strategik yo‘nalishlarini muvofiqlashtirdi. Shuningdek, loyihalar portfelini kengaytirish va mijozlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish jarayonlarida bevosita ishtirok etdi.

Ma’lum qilinishicha, yangi rahbar boshchiligida IT Park Capital texnologik kompaniyalar uchun moliyaviy yechimlarni rivojlantirishni davom ettiradi hamda O‘zbekistonning mintaqadagi yetakchi IT-hablardan biri sifatidagi pozitsiyasini mustahkamlashga hissa qo‘shadi.

Tashkilotning ustuvor yo‘nalishlari qatorida amaldagi moliyalashtirish dasturlarini takomillashtirish, biznesni qo‘llab-quvvatlashning yangi instrumentlarini ishga tushirish, shuningdek, mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
/
O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi
/
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi
OTM bitiruvchilarining o‘rtacha oylik maoshi 5,1 mln so‘mni tashkil etdi
/
OTM bitiruvchilarining o‘rtacha oylik maoshi 5,1 mln so‘mni tashkil etdi