Oliy sud Plenumi majlisi tarixda ilk bor onlayn efirda namoyish etildi

Majlisni Oliy sudning Interaktiv xizmatlar portali orqali real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati yaratildi

Oliy sud Plenumi majlisi tarixda ilk bor onlayn efirda namoyish etildi

O‘zbekistonda ilk bor Oliy sud Plenumi majlisi jamoatchilik uchun onlayn tarzda namoyish etildi.

Oliy sud raisi Robaxon Maxmudova raisligida o‘tkazilgan majlis Oliy sudning Interaktiv xizmatlar portali orqali real vaqt rejimida efirga uzatildi. Bu O‘zbekiston sud tizimi tarixida Plenum majlisining ochiq onlayn translyatsiya qilinishi bo‘yicha birinchi tajriba bo‘ldi.

Majlisda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, Oliy sud va quyi sudlar sudyalari, Bosh prokuror, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Sudyalar assotsiatsiyasi hamda Advokatlar palatasi rahbarlari, shuningdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha va Bola huquqlari bo‘yicha vakillari ishtirok etdi.

Bundan tashqari, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ul xodimlari, huquqshunos olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ham Plenum majlisida qatnashdi.

Oliy sudning qayd etishicha, Plenum majlisini ochiq onlayn formatda o‘tkazish sud tizimi faoliyatining shaffofligini oshirish va jamoatchilik uchun ochiqlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistondan Malayziyaga borayotgan turistlar soni 62% ga oshdi
/
O‘zbekistondan Malayziyaga borayotgan turistlar soni 62% ga oshdi
Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi
/
Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi
O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya 10 yilda 3,3 baravarga oshdi
/
O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya 10 yilda 3,3 baravarga oshdi