Oliy sud Toshkent viloyatidagi Maxam-Chirchiq kimyo zavodi faoliyatini to‘xtatdi

Tekshiruvlar natijasida chang-gaz tozalash uskunalari samarasiz ishlayotgani kabi qonunbuzarliklar aniqlangan

Oliy sud Toshkent viloyatidagi Maxam-Chirchiq kimyo zavodi faoliyatini to‘xtatdi

26-noyabr kuni Chirchiq tumanlararo xo‘jalik sudi Toshkent viloyatidagi Maxam-Chirchiq kimyo zavodi faoliyatini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar to‘xtatdi, deb xabar berdi Oliy sudi matbuot xizmati.

Da’vo Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan qo‘zg‘atilgan (o‘tgan hafta u Ekologiya qo‘mitasiga aylantirildi).

Ma’lum qilinishicha, korxona faoliyatida atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan o‘tkazilgan tekshirish davomida 11 ta qoidabuzarlik aniqlangan.

Ular orasida, jumladan, chang-gaz tozalash uskunasining samaradorligi me’yoriy hujjat talabiga javob bermaslik, ifloslantiruvchi moddalar belgilangan me’yordan ortiq chiqarilayotgani, kimyoviy moddalar belgilangan hududda joylashtirilmagani, suv tarkibidagi kimyoviy moddalarning ortiqcha chiqarilayotgani, kompensatsiya to‘lovlari o‘z vaqtida to‘liq amalga oshirilmagani bor.

Maxam-Chirchiq — O‘zbekiston-Ispaniya qo‘shma korxonasi, O‘zbekiston kimyo sanoatidagi yirik zavodlardan biri hisoblanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“O‘zbekneftgaz”: avgust oyidagi avariyalar gaz qazib olish hajmining kamayishiga olib keldi
/
“O‘zbekneftgaz”: avgust oyidagi avariyalar gaz qazib olish hajmining kamayishiga olib keldi
O‘zbekiston bank tizimida 1 kvadrillion so‘mlik aktiv to‘plandi
/
O‘zbekiston bank tizimida 1 kvadrillion so‘mlik aktiv to‘plandi
Centrum Holding 2027-yil boshida IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda
/
Centrum Holding 2027-yil boshida IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda