O‘zbekistonda 37 ta tumanda oilaviy tadbirkorlik kreditlari 12%gacha arzonlashadi

Chegaraoldi mahallalarda tadbirkorlar uchun kredit limiti 1 mlrd so‘mgacha oshiriladi

O‘zbekistonda 37 ta tumanda oilaviy tadbirkorlik kreditlari 12%gacha arzonlashadi

O‘zbekistonda iqtisodiy sharoiti murakkab bo‘lgan 37 ta tuman uchun imtiyozli kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi 17,5%dan 12%gacha pasaytiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, hududlarning iqtisodiy salohiyati keskin farq qiladi. Masalan, Olmazor tumani bilan Bo‘zatov tumanining imkoniyatlari bir xil emas, biroq bugungacha banklar barcha hududlarga bir xil — 17,5% stavkada kredit taklif qilib kelgan. Endilikda kredit siyosatida hududiy farqlar inobatga olinadi.

Joriy yilda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 140 trln so‘m yo‘naltiriladi. Oilaviy tadbirkorlik uchun beriladigan imtiyozli kreditlar limiti respublika bo‘yicha 1,5 baravarga oshirilib, 50 mln so‘m etib belgilandi. Sertifikatlangan naslli chorva xaridi uchun 100 mln so‘mgacha kredit ajratiladi. Oilaviy mehmon uylari tashkil etish, kichik sovitkich omborlari va qayta ishlash mini-texnologiyalarini xarid qilish uchun esa 150 mln so‘mgacha garovsiz kredit olish mumkin bo‘ladi.

Chegaraoldi hududlar va anklavlarda joylashgan 562 ta mahalladagi loyihalar uchun kreditning maksimal miqdori 1 mlrd so‘mgacha oshiriladi. Ushbu choralarni moliyalashtirish uchun rejalashtirilgan 3,6 trln so‘mga qo‘shimcha ravishda yana 2 trln so‘m resurs ajratiladi.

Shuningdek, banklar mahallalarning ixtisoslashuvini chuqurlashtirish uchun 17 trln so‘m yo‘naltiradi. Davlat tomonidan mahsulot yetishtirish loyihalari bo‘yicha kredit stavkasining 4%i, qayta ishlash loyihalari bo‘yicha esa 6%i kompensatsiya qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda yoshlarga 100 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi
/
O‘zbekistonda yoshlarga 100 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi
O‘zbekistonda o‘g‘it ishlab chiqarish bo‘yicha $2,8 mlrdlik 42 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda o‘g‘it ishlab chiqarish bo‘yicha $2,8 mlrdlik 42 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda
Kimyo sanoatida serpentinitni qayta ishlashga $200 mlnlik loyihalar boshlanadi
/
Kimyo sanoatida serpentinitni qayta ishlashga $200 mlnlik loyihalar boshlanadi