To’rtta turistik maskanda yil bo‘yi xizmat ko‘rsatadigan kurort zonalari tashkil etiladi

Shuningdek, oilaviy mehmonxonalar uchun mukofot jamg‘armasi $1 mln bo‘lgan tanlov o‘tkaziladi

To’rtta turistik maskanda yil bo‘yi xizmat ko‘rsatadigan kurort zonalari tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi dastur boshlanishi ma’lum qilgandi.

Shuningdek, endilikda oilaviy mehmon uylari turistlarni qabul qilishi bo‘yicha kunlik me’yor 2 karraga ko‘paytiriladi. Amaldagi tartibga ko‘ra, 10 nafardan oshmasligi belgilangan.

Prezident mahalliy mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari o‘rtasida tanlov o‘tkazishni taklif qildi.

Tanlovning mukofot jamg‘armasi $1 mln bo‘ladi, sayyohlar e’tiborini qozongan, nufuzli xalqaro platformalarda eng ko‘p ijobiy e’tirof olgan mehmonxonalar har yili taqdirlanadi.

Qaysi hududda infratuzilma yaxshi bo‘lsa, o‘sha joy tadbirkorlarni o‘ziga tortadi, servis gurkirab rivojlanadi.

Shu bois, infratuzilma olib borish orqali yirik turistik maskanlari ko‘paytiriladi. Chortoqning Qorabog‘ mahallasi, Farg‘onaning Chimyoni, Boysundagi Omonxona, Nuroboddagi Nurbuloq shaharchasida master-reja asosida “yil 12 oy” xizmat ko‘rsatadigan 300-500 gektarli yirik kurort zonalari tashkil etiladi.

Bu loyihalar infratuzilmasi uchun $150 mln beriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
/
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi
/
TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi