Octobank 2026-yilning birinchi choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor
Octobank biznes uchun yangi mahsulotlarning ishga tushirilishi va odamlar hayotini o‘zgartiruvchi ijtimoiy tashabbuslari haqida ma’lumot berdi
2026-yilning birinchi choragida Octobank bozordagi mavqeini sezilarli darajada mustahkamladi. Bank, aktivlar o‘sishi fonida, biznes uchun yechimlar qatorini kengaytirib, ijtimoiy tashabbuslar miqyosini oshirdi va infratuzilmani rivojlantirishda davom etdi. Bank moliyaviy mahsulotlar, raqamli xizmatlar va ijtimoiy mas’uliyatni yagona tizimga aylantiradigan modelni izchil rivojlantirmoqda.
Moliyaviy natijalar: o‘sish va barqarorlik
O‘tgan yilning ayni davri bilan solishtirilganda:
- aktivlar 15,5 trln so‘mgacha oshdi (+281,4%);
- shaxsiy kapitali 1,13 trln so‘mgacha o‘sdi (+29,3%);
- sof foyda 108,7 mlrd so‘mni tashkil etib, barqaror dinamikani saqlab qoldi.
- Octobank xodimlari soni 45,8% ga oshib, 465 nafarga yetdi, bu esa bankning o‘sishida qo‘shimcha omil bo‘ldi.
Bozordagi mavqei kichik va o‘rta biznesning rivojlantirish
Octobank moliyaviy institutlarni likvidlik, aktivlar sifati va samaradorlik kabi 27 ta asosiy ko‘rsatkich bo‘yicha baholovchi ITIM reytingida O‘zbekistonning eng kuchli uchta kichik banki qatoriga kirdi.
Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Birinchi chorakda bank 21% dan boshlanadigan kredit mahsulotlari qatorini ishga tushirdi:
- Octo-Avto;
- Octo-Invest;
- Octo-Aylanma.
Moliyaviy takliflar tadbirkorlarga transportni yangilashdan tortib asosiy vositalarga sarmoya kiritish va aylanma mablag‘larni to‘ldirishgacha bo‘lgan asosiy vazifalarni hal etish imkonini beradi.
Qo‘shimcha ravishda mijozlarga xalqaro hisob-kitoblar uchun qulay vosita – Olmapay xizmati orqali Rossiyadan tezkor pul o‘tkazmalari va jo‘natish kunida mablag‘ o‘tkazish imkoniyati taqdim etildi.
Ijtimoiy tashabbuslar: tizimli qo‘llab-quvvatlash va xayriya
Ijtimoiy yo‘nalish tartibi Octobank strategiyasining ajralmas qismi bo‘lib qolmoqda va aniq loyihalar orqali amalga oshirilmoqda.
Mart oyida bank Navro‘z bayramini nishonlashda bosh hamkor sifatida ishtirok etib, “3 karra mazaliroq” nomli keng ko‘lamli shahar tadbirini tashkil qildi. Mazkur tadbir poytaxtning 20 mingdan ortiq aholisi va mehmonlarini bir joyga jamladi.
Xalqaro xotin-qizlar kunida Octobank Toshkent IIB bilan hamkorlikda chiroyli aksiya o‘tkazdi: rulda, avtobuslarda va piyodalar yo‘laklaridagi onaxonlar, buvijonlar hamda qizlarga 1000 dona qizil atirgul sovg‘a qilindi. Ushbu aksiya har bir ayolga e’tibor va hurmat ifodasi bo‘lib, ularning jamiyatdagi o‘rni va qadri yuksak ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Alohida e’tibor manzilli yordamga qaratildi. “Ayol tadbirkorlar bilan intervyu” medialoyihasi doirasida 8-mart munosabati bilan bank ishtirokchilar oilalariga ko‘mak ko‘rsatdi. Qahramonlarimiz maishiy texnika yangilashga ehtiyojlari borligini bilib, bank ularni zarur jihozlar bilan ta’minladi.
Bolalar onkologiyasi, Gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bemorlarini qo‘llab-quvvatlash bank uchun yaxshi an’anaga aylangan muhim tashabbusdir. Muborak Ramazon hayiti kunlarida klinikaga zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar topshirildi. Keyingi yetkazib berish may oyiga rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida “Mahalla bankiri” loyihasi doirasida ham ishlar amalga oshirilmoqda: aholiga moliyaviy va ishga joylashish masalalarida yordam ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, yoshlar bilan tizimli ishlar olib borilmoqda – Amaliyot Boshqarmasi xodimlari har oyning payshanba kuni o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” tashabbusi doirasida kasblar va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘quv uchrashuvlari va treninglar o‘tkazmoqda.
Tarmoqni kengaytirish va qulaylikni oshirish
Joriy yil boshidan beri Octobank Toshkentda ikkita yangi xizmat ko‘rsatish shoxobchasini ochdi – FOOD MALL (Shahrisabz tor ko‘chasi, 6) va Chimyon Ekobozorida (Temur Malik ko‘chasi, 3A). Yuqori qatnovli joylarni tanlash kundalik shahar sharoitida mijozlar uchun bank xizmatlarini yanada yaqinroq va qulayroq qilish imkonini berdi.
Shuningdek, mamlakatdagi eng yirik madaniy-ma’rifiy majmualardan biri – Islom sivilizatsiyasi markazi hududida ham Octobank bankomatlari o‘rnatildi. Ushbu manzilda barcha asosiy amallarni bajarish mumkin: valyuta xaridi va sotuvi, naqd pul yechish, kartani to‘ldirish hamda xalqaro kartalar bilan bog‘liq operatsiyalar.
Bankning roli xizmat ko‘rsatuvchidan to‘laqonli hamkorga aylanib borayotganini ko‘rib turibmiz. Vazifamiz shunchaki tezroq o‘sish emas, balki jamiyatning har bir segmenti bilan tizimli ishlash, uning ehtiyojlarini anglash hamda xizmatlar va mahsulot takliflari sifatini oshirishdir. Biz mijozlar o‘z maqsadlarini ro‘yobga chiqarishi mumkin bo‘lgan muhitni yaratamiz va bu yo‘lda ularni qo‘llab-quvvatlaymiz, — deya ta’kidladi Octobank boshqaruvi raisi Iskandar Tursunov.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ