Oʻzbekiston aviatsiya parkining modernizatsiyasida Airbus va ATR kompaniyalari ishtirok etadi

Tomonlar, shuningdek, samolyot yetkazib berish masalasini ham muhokama qildi

Oʻzbekiston aviatsiya parkining modernizatsiyasida Airbus va ATR kompaniyalari ishtirok etadi

27-avgust kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir oʻrinbosari Akram Aliyev Fransiyaning yetakchi aviatsiya kompaniyalari – Airbus va ATR vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muzokaralarda Airbus kompaniyasining savdo boʻyicha vitse-prezidenti Jak Garrig hamda ATR kompaniyasining savdo boʻyicha vitse-prezidenti Jerom Gabori ishtirok etdi.

Tomonlar fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini, jumladan, Oʻzbekiston aviatsiya parkining modernizatsiyasi va yangilanishi masalalarini muhokama qildilar. Bu esa transport imkoniyatlarini kengaytirish hamda turizm oʻsishini ragʻbatlantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, hududlararo havo qatnovlarini rivojlantirish, ATR samolyotlarini yetkazib berish, texnik xizmat koʻrsatish markazlarini tashkil etish imkoniyatlari hamda xalqaro standartlarga muvofiq aviatsiya xodimlarini tayyorlash dasturlari koʻrib chiqildi.

1981-yilda Airbus va Italiya kompaniyasi Leonardo bilan qoʻshma korxona sifatida tashkil etilgan ATR bugungi kunda turbovintli mintaqaviy samolyotlar ishlab chiqarishda jahon yetakchisi hisoblanadi. Kompaniya faoliyati davomida 100 ta mamlakatdagi 200 dan ortiq aviakompaniyaga 1,7 mingdan ziyod samolyot yetkazib berdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Aprel oyida mamlakatda inflyatsiya darajasi 0,6% ga oshdi
/
Aprel oyida mamlakatda inflyatsiya darajasi 0,6% ga oshdi
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
/
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
/
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin