Urganch va Nukus yo’nalishidagi poyezd chiptalari narxi oshiriladi

Xususan, kattalar uchun chipta narxi 40 ming so‘m, bolalar uchun esa 21,5 ming so‘m etib belgilanmoqda

Urganch va Nukus yo’nalishidagi poyezd chiptalari narxi oshiriladi

Urganch va Nukus o‘rtasidagi poyezd uchun chipta narxi oshiriladi. Bu haqda O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Nukus-Urganch-Nukus yo‘nalishida qatnovchi shaharlararo poyezdlari uchun 22-noyabrdan yangi narxlar amal qiladi.

Quyida yangi chipta narxlari keltirilgan:

  • kattalar uchun — 40 ming so‘m (amalda — 20 ming so‘m);
  • bolalar uchun — 21,5 ming so‘m (11 500 so‘m).

“Yangi tariflar xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida joriy etilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Urganch-Nukus yo‘nalishida poyezd qatnovi 27-sentabrdan yo‘lga qo‘yilgandi. Harakat jadvali quyidagicha:

6354-sonli Nukus — Urganch poyezdi:

  • Nukus 05:30 — Urganch 08:50;

6353-sonli Urganch — Nukus poyezdi:

  • Urganch 15:30 — Nukus 18:50.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
/
O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
/
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi
/
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi