O’zbekistonda muammoli kreditlar hajmi 20 trillion so’mdan oshdi

Bu o'tgan oyga nisbatan 2,2 trln so’mga ko'p

O’zbekistonda muammoli kreditlar hajmi 20 trillion so’mdan oshdi

Joriy yilning yanvar oyida muammoli kreditlar hajmi 3,4 trln so’mga oshib, 20 trln so’mni tashkil etdi (uning umumiy portfeldagi ulushi 4,3%ni tashkil etdi). Bu haqda O’zbekiston Markaziy banki xabar bermoqda. 

Shundan davlat banklariga 15,4 trln so’m to’g’ri keldi, bu joriy yilning yanvar oyi boshiga nisbatan 2,2 trln so’mga ko’pdir. Shuningdek, tijorat banklari muammoli kreditlar hajmini 4,59 trln so’mgacha oshirib, dastlabki summani 1,29 trln so’mga oshirdi.

Davlat banklari orasida eng ko’p muammoli kreditlar «Biznesni rivojlantirish banki» da aniqlandi, bu yerda muammoli kreditlar ulushi 11% va «Xalq banki»da 7,6% ni tashkil etdi.

Xususiy moliya muassasalari orasida muammoli kreditlarning yuqori foizi «Oktobank»da 75% va «Madad invest bank»da 28% qayd etilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun loyihasidan binolarni noqonuniy qurganlik uchun jarimalar chiqarib tashlandi
/
Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun loyihasidan binolarni noqonuniy qurganlik uchun jarimalar chiqarib tashlandi
O‘zbekistonda kredit va mikroqarz reklamalarida moliyaviy xavf haqida ogohlantirish majburiy bo‘ldi
/
O‘zbekistonda kredit va mikroqarz reklamalarida moliyaviy xavf haqida ogohlantirish majburiy bo‘ldi
Ko‘p kvartirali uylar qurilishida eskrou hisobvaraqlari joriy etilishi bo‘yicha qonun Senatga yuborildi
/
Ko‘p kvartirali uylar qurilishida eskrou hisobvaraqlari joriy etilishi bo‘yicha qonun Senatga yuborildi