Toshkentda qurilish ishlari to‘xtatilgan kompaniyalarni onlayn tekshirish imkoniyati yaratildi

Xizmat bepul taqdim etiladi va tashkilotlar bazasi doimiy ravishda yangilanib boriladi

Toshkentda qurilish ishlari to‘xtatilgan kompaniyalarni onlayn tekshirish imkoniyati yaratildi

Toshkent shahar hokimligi qurilishi vaqtincha to‘xtatilgan firma va kompaniyalarning holatini onlayn tekshirishingiz mumkin bo‘lgan yangi sahifani ishga tushirdi.

Endi har bir fuqaro havola orqali qurilish kompaniyasining nomini kiritgan holda, uning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan yoki to‘xtatilmaganini bir necha soniya ichida bilib olishi mumkin.

Xizmat bepul taqdim etiladi va tashkilotlar bazasi doimiy ravishda yangilanib boriladi.

Avvalroq hokimlik poytaxtdagi 59 ta obyektda qurilish ishlari butunlay to‘xtatib,  elektr ta’minotidan uzib qo‘ygan edi.

Poytaxt hokimligi matbuot xizmatiga ko‘ra, ular soni:

  • Olmazor tumanida — 5 ta;
  • Chilonzor tumanida — 5 ta;
  • Mirobod tumanida — 8 ta;
  • Mirzo Ulug‘bek tumanida — 7 ta;
  • Sergeli tumanida — 3 ta;
  • Uchtepa tumanida — 2 ta;
  • Yakkasaroy tumanida — 2 ta;
  • Yangihayot tumanida — 17 ta;
  • Yashnobod tumanida — 3 tani tashkil qilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank iqtisodiyot va bank tizimi uchun iqlim xatarlarini baholadi
/
Markaziy bank iqtisodiyot va bank tizimi uchun iqlim xatarlarini baholadi
O‘zbekistonda xususiy kompaniyalarga suyultirilgan gaz yetkazib berishga ruxsat beriladi
/
O‘zbekistonda xususiy kompaniyalarga suyultirilgan gaz yetkazib berishga ruxsat beriladi
“Energetikadagi muammo pulda emas, boshqaruvda” — prezident
/
“Energetikadagi muammo pulda emas, boshqaruvda” — prezident