“NKMK” 2025-yilda 3,16 mln troy unsiya oltin ishlab chiqardi

Ishlab chiqarish hajmi 135,6 trln so‘mni, investitsiyalar esa $561 mlnni tashkil qildi

“NKMK” 2025-yilda 3,16 mln troy unsiya oltin ishlab chiqardi

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ 2025-yil yakunlari bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyati natijalarini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya tomonidan tardim etilgan press-relizda ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda kombinatta 3 156,6 ming troy unsiya oltin ishlab chiqarildi. Taqqoslash uchun, 2024-yilda mazkur ko‘rsatkich 3 091,1 ming troy unsiyani tashkil etgan.

Hisobot davrida 135,6 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati 2024-yilga nisbatan 102,1% darajasida qayd etildi. Investitsiya dasturi doirasida $561 mln mablag‘ o‘zlashtirildi.

Yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va mavjud quvvatlarni kengaytirish hisobiga 2 628 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 1,4 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi orqali esa 7,3 trln so‘mlik mahsulot xarid qilindi.

2025-yilda yirik investitsiya loyihalari doirasida “Muruntov” konini o‘zlashtirishning V navbati 1-bosqichi to‘liq yakunlandi. Ushbu loyiha doirasida $734 mln investitsiya jalb qilinib, infratuzilma va texnologik obyektlar qurildi hamda 1 472 ta ish o‘rni yaratildi. Shuningdek, gidrometallurgiya zavodlari va bir qator konlarda ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish ishlari davom ettirildi.

Barqaror rivojlanish yo‘nalishida “NKMK” AJ ilk bor Sustainable Fitch tomonidan ESG-reyting bilan baholandi hamda Fitch Ratings va S&P Global Ratings agentliklari tomonidan kredit reytingi BB darajasigacha oshirildi. Bundan tashqari, kompaniya korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi bo‘yicha respublika miqyosida yuqori natijalarni qayd etdi.

Kombinat 2025-yilda BMTning Global kelishuviga qo‘shildi hamda “Raqamli O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida raqamli transformatsiya reytingida yetakchi o‘rinni egalladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Biznes-ombudsman Caravan Group asoschisiga beriladigan 12,5 mlrd so‘mlik kompensatsiya bo‘yicha sud qaroriga shikoyat kiritadi
/
Biznes-ombudsman Caravan Group asoschisiga beriladigan 12,5 mlrd so‘mlik kompensatsiya bo‘yicha sud qaroriga shikoyat kiritadi
Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Pavilion” savdo majmuasiga $25 mln investitsiya kiritildi
/
Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Pavilion” savdo majmuasiga $25 mln investitsiya kiritildi
Toshkentda 2026-yilda 18 ta yangi turizm koʻchasi tashkil etiladi
/
Toshkentda 2026-yilda 18 ta yangi turizm koʻchasi tashkil etiladi