Nizomiy universitetining Chilonzordagi asosiy kampusi 886,6 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi

5,64 gektarlik hudud va 25,8 ming kvadrat metrlik o‘quv binolarini o‘z ichiga olgan obyekt bo‘yicha savdolar 20-iyul kuni o‘tkaziladi

Nizomiy universitetining Chilonzordagi asosiy kampusi 886,6 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan Nizomiy nomidagi Milliy pedagogika universitetining asosiy kampusini xususiylashtirish uchun elektron auksionga chiqardi.

E-auksion platformasidagi ma’lumotlarga ko‘ra, obyekt Bunyodkor shohko‘chasi va Kichik halqa avtomobil yo‘li kesishmasida, Chilonzor metro bekati yaqinida joylashgan.

Lot tarkibiga umumiy maydoni 5,64 gektar bo‘lgan yer uchastkasi, shuningdek, 25,8 ming kvadrat metr maydonni egallagan to‘rt qavatli o‘quv binosi, sport zali va boshqa yordamchi inshootlar kiritilgan. Obyekt elektr energiyasi, gaz, suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga ulangan.

Aktivning boshlang‘ich narxi 886,6 mlrd so‘m etib belgilangan. Elektron savdolar 20-iyul kuni soat 10:00 da o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur aktiv 2025-yilda tasdiqlangan xususiylashtirish dasturi doirasida sotuvga chiqarilmoqda. Ayni paytda Nizomiy nomidagi Milliy pedagogika universiteti Yangi Toshkent hududida barpo etilayotgan yangi kampusga ko‘chishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda Investitsiyalar vazirligining binosi 287,1 mlrd so‘mga sotildi
/
Toshkentda Investitsiyalar vazirligining binosi 287,1 mlrd so‘mga sotildi
O‘zbekistonda 9 oyda ipoteka kreditlari hajmi 20,9 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda 9 oyda ipoteka kreditlari hajmi 20,9 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda texnogen ofatlar oqibatida yetkazilgan zarar uchun 220 mln so‘mgacha kompensatsiya to‘lanadi
/
O‘zbekistonda texnogen ofatlar oqibatida yetkazilgan zarar uchun 220 mln so‘mgacha kompensatsiya to‘lanadi