Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasiga badal to‘lash bo‘yicha qonun loyihasi e’lon qilindi

Unga ko‘ra, badallar milliy valyutada amalga oshiriladi

Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasiga badal to‘lash bo‘yicha qonun loyihasi e’lon qilindi

Markaziy bank tomonidan “Banklar tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasiga badal to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom loyihasi e’lon qilindi.

Mazkur Nizom banklar, shu jumladan mikromoliya banklari tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasiga badallar to‘lash tartibini belgilaydi.

Unga ko‘ra:

  • banklar mazkur Nizomda belgilangan tartibda va muddatlarda Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasiga bir yo‘la to‘lanadigan, kalendar va maxsus badallar to‘laydi;
  • badallar O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida 50 tiyin va undan yuqori, biroq 1 so‘mdan kam qiymatda 1 so‘mga, 50 tiyindan kam qiymatda 0 so‘mga yaxlitlangan holda to‘lanadi;
  • agar badalni to‘lashning so‘nggi kuni dam olish kuniga yoki ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, badal dam olish kunidan yoki ishlanmaydigan bayram kunidan keyingi ish kunida to‘lanishi lozim.

Loyiha bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi