Navoiy shahriga 42 dona “YUTONG” avtobuslari olib kelindi

Avtobuslar Karmana tumani markazi va Navoiy shahridagi yo‘nalishlarda harakatlanadi

Navoiy shahriga 42 dona “YUTONG” avtobuslari olib kelindi

Transport vazirligi xabar berishicha, 8-iyun kuni Navoiy shahriga 42 dona “YUTONG” avtobuslari olib kelindi.

Mazkur avtobuslar Karmana tumani markazi va Navoiy shahri barcha ko‘chalarini qamrab oluvchi yo‘nalishlarda harakatlanishi tashkil etiladi.

1-bosqichda joriy yilning aprel oyida Xitoydan olib kelingan 18 dona zamonaviy avtobuslarning “Navoiy” avtovokzali – viloyat Avtoyo‘l boshqarmasi” va Tinchlik qo‘rg‘oni – “Malika” avtostansiyasi yo‘nalishida brutto-shartnoma asosida qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.

Kapital.uz avvalroq uchta viloyatga jami 32 ta yangi avtobuslar olib kelingani haqida yozgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank iqtisodiyot va bank tizimi uchun iqlim xatarlarini baholadi
/
Markaziy bank iqtisodiyot va bank tizimi uchun iqlim xatarlarini baholadi
O‘zbekistonda xususiy kompaniyalarga suyultirilgan gaz yetkazib berishga ruxsat beriladi
/
O‘zbekistonda xususiy kompaniyalarga suyultirilgan gaz yetkazib berishga ruxsat beriladi
“Energetikadagi muammo pulda emas, boshqaruvda” — prezident
/
“Energetikadagi muammo pulda emas, boshqaruvda” — prezident