“Navoiyuran” ilk marta yevrobond chiqaradi

Undan tushgan mablag‘lar kompaniyaning ishlab chiqarish dasturlari uchun yo‘naltiriladi

“Navoiyuran” ilk marta yevrobond chiqaradi

“Navoiyuran” davlat korxonasi o‘z tarixida ilk bor yevrobondlar chiqarishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati. Qimmatli qog‘ozlar Citigroup, Abu Dhabi Commercial Bank (ADCB) va Natixis kabi yirik anderrayter banklar guruhi ishtirokida joylashtiriladi.

Yevrobondlardan tushgan mablag‘lar kompaniyaning ishlab chiqarish dasturlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

“World Nuclear Association” va “S&P Global” ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 7-o‘rinni egallaydi. 2022–2023 yillarda mamlakatda yiliga 3500–3700 tonna tabiiy uran qazib olingan. 2023 yilda uran eksportidan tushgan umumiy tushum $450 mlndan oshib, 2022 yilga nisbatan 28% ga o‘sgan.

Eslatib o‘tamiz, “Navoiyuran” 2024-yil noyabr oyida ilk bor xalqaro kredit reytingini olgan. “S&P Global” agentligi kompaniyaga xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli reytinglarni “BB-” darajasida berib, prognozni “Barqaror” deb baholagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi