Namanganda 26 ta dorixona 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olgan — Raqobat qo‘mitasi

Holat yuzasidan dorilarni ulgurji sotuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan ish qo'zg'atilgan

Namanganda 26 ta dorixona 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olgan — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasi Namanganda 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olgani aniqlangan 26 ta dorixonaga nisbatn ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, “Fair tech”yagona axborot tizimi orqali o‘tkazilgan tahlillar ayrim dorixona va ulgurji sotuvchilar tomonidan belgilangan savdo ustamalariga rioya etilmayotganini ko‘rsatgan.

Shundan so‘ng qo‘mitaning hududiy boshqarmasi tomonidan viloyatda faoliyat yuritayotgan 26 ta dori vositalarini ulgurji sotuvchi subyektlarda o‘rganish o‘tkazildi.

Tekshiruvda dorilarni sotishda belgilangan ulgurji referent narxlardan yuqori narxlar qo‘llanilgani aniqlangan. Natijada ushbu subyektlar tomonidan jami 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olingani qayd etilgan.

Holat yuzasidan dorilarni ulgurji sotuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy ko‘rsatmalar berildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 500 gektargacha yer ajratilib, imtiyozli kredit beriladi
/
Plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 500 gektargacha yer ajratilib, imtiyozli kredit beriladi
Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan loyihasi bo‘yicha qonunni birinchi o‘qishda ma’qulladi
/
Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan loyihasi bo‘yicha qonunni birinchi o‘qishda ma’qulladi
O‘zbekistonda telekommunikatsiya bozori 2025-yilda 18,3% ga o‘sdi
/
O‘zbekistonda telekommunikatsiya bozori 2025-yilda 18,3% ga o‘sdi