Bankning sobiq aksiyadori Interpol qidiruviga berildi

Madad Invest Bank kuzatuv kengashining sobiq raisi xizmat mavqeidan foydalangan holda pul mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblanmoqda

Bankning sobiq aksiyadori Interpol qidiruviga berildi

Madad Invest Bank (hozirgi MyBank) ning sobiq yirik aksiyadori va kuzatuv kengashi raisi Mo‘minjon Yo‘ldoshev O‘zbekiston so‘roviga binoan xalqaro qidiruvga berildi. Tegishli ma’lumot 2026-yil 15-sentabr kuni Interpolning Qizil bildirishnoma (Red Notice) bazasida e’lon qilindi.

U xizmat mavqeidan foydalangan holda pul mablag‘larini o‘zlashtirish yoki talon-toroj qilish (rastrata) ayblovi bilan qidirilmoqda.

Yo‘ldoshev kim?

Yo‘ldoshev 1976-yil 18-fevralda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U ilgari Madad Invest Bank’ga aloqador bo’lib, 2022-yilda e’lon qilingan UzInvestigations surishtiruviga ko‘ra, u bankning yirik aksiyadori va kuzatuv kengashi raisi hisoblangan.

2023-yilda uning Madad Invest Bank’dagi ulushi 25,09% ga yetgan edi.

Ayni paytda bank MyBank nomi ostida faoliyat yuritmoqda. Korporativ boshqaruv bo‘yicha e’lon qilingan rasmiy ma’lumotlarda bankning amaldagi rahbariyati tarkibida Yo‘ldoshevning ismi qayd etilmagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda uran ishlab chiqarish hajmi 2030-yilgacha ikki baravar oshiriladi
/
O‘zbekistonda uran ishlab chiqarish hajmi 2030-yilgacha ikki baravar oshiriladi
Kommunal tariflar oshishi Markaziy bankning asosiy stavka bo‘yicha qaroriga ta’sir ko‘rsatgan
/
Kommunal tariflar oshishi Markaziy bankning asosiy stavka bo‘yicha qaroriga ta’sir ko‘rsatgan
Toshkentda Investitsiyalar vazirligining binosi 287,1 mlrd so‘mga sotildi
/
Toshkentda Investitsiyalar vazirligining binosi 287,1 mlrd so‘mga sotildi