Tadbirkor takliflari uchun alohida Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish taklif qilinmoqda

U foydalanilmayotgan zaxiralarni aniqlab, moliyalashtirish ishlari bilan shug‘ullanadi

Tadbirkor takliflari uchun alohida Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish taklif qilinmoqda

Kapital.uz avval xabar berganidek, prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri iqtisodiyoti yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida nostandart takliflar ishlab chiqish maqsadida oxirgi ikki hafta davomida 23 mingdan ziyod tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilgani, 1,3 mingdan ortiq muammo aniqlangani, shuningdek, tadbirkorlar tomonidan 162 ta yangi taklif va tashabbus bildirilgan. Yig’ilishda taklif va muammolarning birortasi ham eʼtibordan chetda qolmasligi kerakligi taʼkidlandi.

Shuningdek, poytaxtda maxsus investitsiya va ishbilarmonlik muhitini joriy qilish orqali yangi tajriba yaratilishi belgilandi. Jumladan, biznes uchun ruxsatnoma va litsenziyalar berish vakolatini tegishli vazirlik va idoralardan ularning hududiy boʻlinmalariga tushirish, eksportchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlashning yangi yondashuvlarini joriy etish, tadbirkorlarning logistika bilan bogʻliq muammolarini tezkor hal qilish tizimini yoʻlga qoʻyish, aylanma mablagʻ bilan taʼminlash va biznesni kengaytirish uchun qulay shartlarda yangi moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish nazarda tutilgani qayd etildi.

Tadbirkorlar koʻtargan muammo va takliflarni tezkor hal qilish uchun alohida Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish taklif qilindi. Uning zimmasiga tumanlarni drayver sohalar asosida rivojlantirish, iqtisodiy va ijtimoiy konyunkturani doimiy monitoring qilish, oʻsish nuqtalari va foydalanilmayotgan zaxiralarni aniqlash, tizimli toʻsiqlarni bartaraf etish, gʻoya va tashabbuslarni shakllantirish, ularni moliyalashtirish va ijrosini nazorat qilish vazifalari yuklanadi.

Umuman, barcha imkoniyatlarni safarbar qilib, qoʻshimcha 88 trln soʻmlik mahsulot ishlab chiqarish, $4,9 mlrdlik eksportni taʼminlash va $5 mlrd investitsiya jalb qilish, budjetga 2,9 trln soʻm tushum taʼminlash, 65,5 mingta yuqori daromadli va doimiy ish oʻrinlari tashkil etish boʻyicha aniqlangan yangi zaxiralarni ishga solish vazifasi qoʻyildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda urush qatnashchilariga 30 mln so‘mdan bir martalik mukofot puli beriladi
/
O‘zbekistonda urush qatnashchilariga 30 mln so‘mdan bir martalik mukofot puli beriladi
Toshkent shahri uchun qoʻshimcha $500 mlnlik yevrobond chiqariladi
/
Toshkent shahri uchun qoʻshimcha $500 mlnlik yevrobond chiqariladi
O‘zbekistonda dollar kursi yana pasayishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana pasayishni boshladi