Toshkent shahri uchun qoʻshimcha $500 mlnlik yevrobond chiqariladi

Umuman poytaxt iqtisodiyotini 12% ga oshirish, $3,6 mlrdlik eksportni taʼminlash rejalashtirilmoqda

Toshkent shahri uchun qoʻshimcha $500 mlnlik yevrobond chiqariladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri iqtisodiyotida yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash, mavjud zaxiralarni toʻliq ishga solish hamda tadbirkorlik faoliyati uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Bugungi kunda Toshkent shahri yalpi ichki mahsulotning 21% ini taʼminlamoqda. Joriy yil “Poytaxtda jadal rivojlanish va aholi daromadlari oʻsishi yili” deb eʼlon qilinib, shahar iqtisodiyotini 12% ga oshirish, $3,6 mlrdlik eksportni taʼminlash, $9 mlrd investitsiya jalb qilish va 616 ming aholi bandligini taʼminlash kabi katta marralar belgilangan.

Shu munosabat bilan shahar hokimligi, uning 12 nafar oʻrinbosari va 12 ta tuman hokimi proaktiv ish tashkil qilib, sanoat, eksport, investitsiya va turizm sohalaridagi ehtimoliy pasayishlarning oldini olishi zarurligi taʼkidlandi.

Yigʻilishda joriy yil yangicha yondashuv asosida shaharning 12 ta tumani aniq bir sanoat yoki xizmat koʻrsatish tarmogʻiga ixtisoslashtirilishi qayd etildi.

Jumladan, Bektemir tumani kimyo sanoati va ulgurji savdoga, Mirzo Ulugʻbek tumani kabel sanoati, ilm-fan, taʼlim va axborot texnologiyalariga, Mirobod tumani oziq-ovqat sanoati, turizm va umumiy ovqatlanishga, Uchtepa zargarlik, maishiy xizmat va chakana savdoga, Chilonzor farmatsevtika, savdo, xizmat koʻrsatish va sportga, Shayxontohur mebelsozlik va gastroturizmga, Yunusobod qogʻoz sanoati va turizmga, Yashnobod elektrotexnika hamda transport-logistikaga, Yakkasaroy yengil sanoat va moliyaviy xizmatlarga, Yangihayot avtomobilsozlik va logistikaga, Olmazor qurilish materiallari sanoati va taʼlimga, Sergeli esa metallurgiya, logistika va avtoservis sohalariga yoʻnaltiriladi.

Shuningdek, joriy yilda Toshkent shahriga qoʻshimcha $500 mln jalb qilish maqsadida poytaxt yevrobondlarini chiqarish taklif qilindi.

Poytaxt tadbirkorlarini Toshkent, Navoiy, Qashqadaryo, Andijon, Buxoro va Fargʻona viloyatlaridagi yirik sanoat korxonalari bilan bogʻlab, mahalliylashtirish va kooperatsiyani kengaytirish boʻyicha dastur tasdiqlash topshirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Tadbirkor takliflari uchun alohida Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish taklif qilinmoqda
/
Tadbirkor takliflari uchun alohida Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish taklif qilinmoqda
O‘zbekistonda dollar kursi yana pasayishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana pasayishni boshladi
BlackRock va Franklin Resources UzNIF qimmatli qog‘ozlariga $300 mln sarmoya kiritishi mumkin
/
BlackRock va Franklin Resources UzNIF qimmatli qog‘ozlariga $300 mln sarmoya kiritishi mumkin