Mustaqillikning 34 yillligi munosabati bilan bir guruh xodimlar mukofotlanadi
Xususan, Markaziy banki raisi Timur Ishmetov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmoni imzolandi.
Hujjatga ko’ra, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni bilan Xalilov Nasriddin – Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining o‘simlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish kafedrasi mudiri taqdirlandi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan Kudratov Uktam Aralovich – “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Qizilqum kon boshqarmasi “Pistali” koni bosh muhandisining o‘rinbosari mukofotlandi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvoni Urazmetov Shermuxammat Djumabayevich – “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filiali geologiya-geofizika ishlarini istiqbolli prognozlash bo‘limi boshlig‘iga va Hamroyev Umarjon Artiqovich – “Navoiyuran” davlat korxonasining “Uran va noyob metallar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi bosh geologiga berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Tursunov Jamshid Yunusovich “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi.
Shuningdek, bu unvon O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Xidoyatov Sherzod Saidjanovichga berildi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni bilan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Vaxabov Davron Abdujalalovich va Samarqand tumanidagi “Stekloplastik” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Saidmuradov Uktam taqdirlandi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi” faxriy unvoni bilan Soy Nikolay Valerevich – “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyatining Parvozlar xavfsizligi va sifat ta’minoti boshqarmasi uchuvchi-inspektori mukofotlandi.
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni esa Berdikulov Asatulla Hasanovich – Sardoba tumanidagi “A.Qodiriy” fermer xo‘jaligi boshlig‘iga berildi.
Bundan tashqari, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan quyidagilar taqdirlandi:
- Ishmetov Timur Amindjanovich – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi;
- Muradov Mansurdjan Nasirovich – Respublika “Usto” uyushmasi raisi;
- Xidirov Lochin Shopulotovich – “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Markaziy kon boshqarmasi sex uchastka ustasi’
“Do‘stlik” ordeni bilan:
- Akbarjonov Aziz Akbarjon o‘g‘li – “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi;
- Akramova Xushvaxt Norkulovna – Buxoro shahridagi “Birodar shaharlar” jamiyati raisi, Buxoro viloyati;
- Arziyev Farhod Nuritdinovich – O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi;
- Atabayev Shuhrat Xaldarovich – O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisi;
- Baxramov Shamirza Pashayevich – Sirdaryo tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi texnik-gidrometri, Sirdaryo viloyati;
- Irgasheva Marxamat – Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Asaka” mahalla fuqarolar yig‘ini nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi, Toshkent shahri;
- Ismoilov Xabibidin – Farg‘ona tumanidagi dehqon xo‘jaligi bog‘boni, Farg‘ona viloyati;
- Israilov Ismail Irkinovich – Toshkent shahridagi “Development and Marketing Group” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktorining o‘rinbosari;
- Kuchkarov Baxrom Tulkinovich – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari;
- Qodirov Akmal Sayfulloyevich – “Enter Engineering Pte. Ltd” kompaniyasining Imom Buxoriy majmuasi qurilish loyihasi rahbari;
- Muxammatova Dilbar Davranovna – Termiz tumanidagi “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Surxondaryo viloyati;
- Nabiyeva Paraxat Raxmatullayevna – Sharof Rashidov tumanidagi “Hukumatoy Mirzaaliyeva” biolaboratoriyasi rahbari, Jizzax viloyati;
- Narimbetov Yuldash Ibragimovich – Beruniy tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
- Nasirov Kuziboy – Qiziltepa tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Navoiy viloyati;
- Primov Orifjon Xasanovich – Parkent tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Toshkent viloyati;
- Raximova Nigina Xayrullayevna – “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktori;
- Sadovnikov Vladimir Vladimirovich – Namangan shahridagi “Proyekt-servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Namangan viloyati;
- Sanayev Ismat Sanayevich – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Paxtachi tumani Kengashi raisi, Samarqand viloyati;
- Seytekov Turganbay Berdanovich – Nukus tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi asfalt yotqizish mashinasi haydovchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
- Sirotin Igor Vasilevich – “Uzbekistan airways technics” mas’uliyati cheklangan jamiyatining G‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish markazi muhandisi;
- Soatov Mumin – Ko‘kdala tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Qashqadaryo viloyati;
- Tashmatov Tajidin Satvoldiyevich – Andijon viloyati yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi avtogreyder haydovchisi;
- Tulyaganov Kudratilla Asatullayevich – “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi;
- Tursunov Rashit Raxmonovich – “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 3-avtobaza boshlig‘i;
- Umerova Gayane Olegovna – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining departament boshlig‘i;
- Usmanov Ravshan Abrorovich – O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi;
- Fayziyeva Vasila Solixovna – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi a’zosi;
- Fayziyeva Dilorom Xusnitdinovna – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari;
- Fedin Aleksandr Grigorevich – Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Oqtepa” ov xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati;
- Xasanov Nazirjon Nabijanovich – “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi;
- Xojiboyev Erkinjon Valijonovich – Xonobod shahri obodonlashtirish boshqarmasi ko‘kalamzorlashtiruvchisi, Andijon viloyati;
- Sheraliyev Kurbonali – Xovos tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Sirdaryo viloyati;
- Shermatov Zikrilla Shukurovich – “Nuroniy” jamg‘armasining Koson tumani bo‘limi raisi, Qashqadaryo viloyati;
- Shonagmetova Nina Yefimovna – “O‘rta Chirchiq gidroelektrstansiyalari kaskadi” filialining ishlab chiqarish-texnik bo‘limi yetakchi muhandisi, Toshkent viloyati
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ