Raqobat qo‘mitasi monopol korxonalarni narxlarni asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining oshirilishi xizmatlar narxlarini qimmatlashtirishga sabab bo‘la olmaydi

Raqobat qo‘mitasi monopol korxonalarni narxlarni asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari ustun mavqega ega korxonalar faoliyati, jumladan, ular tomonidan qo‘llanilayotgan narxlar ustidan doimiy monitoring olib borayotganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2026-yil 1-iyundan boshlab yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining 10% ga oshirilishi ayrim mahsulot va xizmatlar tannarxiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Biroq bu holat monopol va tabiiy monopol mahsulotlar hamda xizmatlar narxlarini iqtisodiy jihatdan asossiz ravishda oshirish uchun asos bo‘la olmaydi.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan yoqilg‘i-energetika resurslarining monopol va tabiiy monopol mahsulotlar tannarxidagi ulushi, shuningdek, narxlarning oshishi yakuniy mahsulot qiymatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi oldindan prognoz qilingani qayd etildi.

Shuningdek, avval mahsulot va xizmatlar narxlarini haqiqiy xarajatlarga nisbatan yuqori darajada shakllantirgan ustun mavqega ega korxonalarga nisbatan tegishli ta’sir choralari qo‘llanilgani bildirildi.

Shu munosabat bilan Qo‘mita monopol va tabiiy monopol korxonalarni narxlarni belgilashda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etishga chaqirdi hamda har qanday asossiz narx oshirish holatlariga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirdi.

Raqobat qo‘mitasi eslatishicha, monopol mahsulotlar va xizmatlar narxlarining iqtisodiy asoslanmagan tarzda oshirilgani aniqlansa, qonunchilikda belgilangan moliyaviy jarimalar va boshqa ta’sir choralari qo‘llanishi mumkin.

Qo‘mita bozorda sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan nazorat tadbirlarini izchil davom ettirishini ma’lum qildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda Amazonning sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda Amazonning sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushiriladi
Andijon, Namangan va Samarqand milliondan ortiq aholiga ega shaharlarga aylantiriladi
/
Andijon, Namangan va Samarqand milliondan ortiq aholiga ega shaharlarga aylantiriladi
O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti bu yil $180 mlrddan oshishi kutilmoqda — Prezident
/
O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti bu yil $180 mlrddan oshishi kutilmoqda — Prezident