Shavkat Mirziyoyev 2035-yilga qadar Markaziy Osiyoda savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha dastur ishlab chiqishni taklif qildi

Shuningdek, elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar dasturi joriy qilinishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev 2035-yilga qadar Markaziy Osiyoda savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha dastur ishlab chiqishni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-noyabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida bir qator takliflarni muhokama qildi.

Qayd etilishicha, mintaqa mamlakatlarining o‘zaro savdosi va umumiy tashqi savdo aylanmasi salohiyati o‘rta istiqbolda ular hajmlarini kamida 1,5-2 barobar oshirish ikonini beradi.

Ma’muriy to‘siqlarga barham berish, soliq va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, erkin iqtisodiy va sanoat zonalaridan birgalikda foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish vaqti allaqachon yetgan, deb hisoblayman, — dedi Prezident.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha masalalarni qamrab oladigan, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 2035-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan keng qamrovli mintaqaviy dasturni ishlab chiqish va qabul qilish savdo hajmlarini sezilarli darajada oshirish uchun qulay sharoit yaratish imkonini beradi.

Yaqin istiqbolda umumiy investitsiya makoni to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qilishni ayniqsa muhim.

Bu bizning investitsiya siyosatimizning umumiy tamoyillarini mustahkamlash, investorlar huquqlarini har tomonlama himoya qilishni ta’minlash, keng mintaqamizda yagona investitsiya muhitini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish imkonini bergan bo‘lar edi, — deya qayd etdi davlat rahbari.

Elektron savdo sohasida salohiyat va yangi imkoniyatlardan foydalanish ham qayd etilgam. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu sohaning bozori faqat Markaziy Osiyoning o‘zida yaqin o‘n yillikda $150 mlrdgacha o‘sishi mumkin.

Shu munosabat bilan yondashuvlarni uyg‘unlashtirish, virtual savdo maydonchalari va ishonchli raqamli to‘lov tizimlarini yaratishni yengillashtirish imkonini beradigan Elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

HUMO kartalari bo‘yicha SMS-xabarnoma narxi o‘zgarmaydi
/
HUMO kartalari bo‘yicha SMS-xabarnoma narxi o‘zgarmaydi
KOICA O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirishga $14 mln ajratadi
/
KOICA O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirishga $14 mln ajratadi
Biznes-ombudsman Toshkentning “Dizayn-kodi” qarorini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi
/
Biznes-ombudsman Toshkentning “Dizayn-kodi” qarorini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi