Toshkentning kelajagi shaharsozlik va ekologiya nuqtayi nazaridan qayta tahlil qilinadi

Saida Mirziyoyeva yangi qurilishlar shahar infratuzilmasiga ortiqcha yuk tushirmasligi va qo‘shimcha nomutanosiblik keltirib chiqarmasligi kerakligini ta’kidladi

Toshkentning kelajagi shaharsozlik va ekologiya nuqtayi nazaridan qayta tahlil qilinadi

Saida Mirziyoyeva Toshkent shahri shiddat bilan kengayib borayotganini, shaharsozlik va ekologiya bilan bog‘liq bugungi vaziyat inobatga olinsa, uning kelajagi har qachongidan ham jiddiy e’tibor va tahlilni talab qilayotganini aytdi.

Prezident administratsiyasi rahbarining ma’lum qilishicha, shu maqsadda qator yirik me’moriy loyihalar tashabbuskorlari, mustaqil mutaxassislar va urbanistlar, yetakchi ixtisoslashgan ijodiy studiyalar hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Birgalikda yechim topishimiz kerak bo‘lgan masalalar talaygina – muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy obyektlar zimmasiga katta yuk tushayotganidan tortib, elektr hamda suv ta’minoti muammolarigacha, dedi Saida Mirziyoyeva.

Yangi qurilishlar shaharni rivojlantirishga xizmat qilishi, qo‘shimcha nomutanosiblik keltirib chiqarmasligi va hududiy tizimlarni ortiqcha zo‘riqtirmasligi kerakligini ta’kidladi.

Oldimizda turgan maqsadlar ulkan, biz Toshkentni har bir yurtdoshimiz hamda shahrimiz mehmonlari uchun yanada qulay, ko‘rkam, ozoda va xavfsiz maskanga aylantirish niyatida bo‘lgan biznes vakillariga ko‘maklashamiz. Aynan shunday yondashuv Yangi O‘zbekiston siyosatiga to‘la mos keladi. Chunki bunday tashabbuskor biznesni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash – prezidentimiz tomonidan zimmamizga yuklatilgan eng asosiy vazifalardan biridir, dedi Saida Mirziyoyeva.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank asosiy stavkani yana o‘zgarishsiz qoldirdi
/
Markaziy bank asosiy stavkani yana o‘zgarishsiz qoldirdi
O‘zini o‘zi band qilganlar uchun majburiy ijtimoiy soliq joriy etish taklif qilinmoqda
/
O‘zini o‘zi band qilganlar uchun majburiy ijtimoiy soliq joriy etish taklif qilinmoqda
O‘zbekistonda pensiya hisoblashda olinadigan ish staji 20 yilgacha oshirilishi mumkin
/
O‘zbekistonda pensiya hisoblashda olinadigan ish staji 20 yilgacha oshirilishi mumkin