O‘zbekistonda avtomobil savdosi bir oyda 20,4% ga oshdi

Chevrolet Cobalt savdosi bir oyda qariyb ikki baravarga oshib, 12,2 ming donani tashkil etdi

O‘zbekistonda avtomobil savdosi bir oyda 20,4% ga oshdi

2026-yil avgust oyida O‘zbekistonda 37,8 mingta avtomobil sotildi. Bu iyul oyiga nisbatan 20,4% ga ko‘p, biroq 2025-yil avgustiga nisbatan savdolar 17,2% ga kamaygan. Bu haqda Avtomobil biznesi assotsiatsiyasi ma’lum qildi.

2026-yilning yanvar–avgust oylarida mamlakatda jami 248,7 mingta yengil avtomobil sotildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,9% ga kam.

Avgust oyida Chevrolet 27 ming 902 dona avtomobil savdosi bilan bozorda yetakchilik qildi. Keyingi o‘rinlarni BYD — 4 ming 123 dona, Kia — 2 ming 728 dona, HAVAL — 878 dona va CHERY — 732 dona bilan egalladi. Nevo va Geely avtomobillari savdosi ham oshgan.

Eng ko‘p sotilgan model Chevrolet Cobalt bo‘ldi. Avgust oyida ushbu modelning 12 ming 245 donasi sotilib, iyuldagi 5 ming 864 donalik ko‘rsatkichdan qariyb ikki baravar oshdi. Cobalt savdosi umumiy bozorning 32,3% ini tashkil etdi.

Avtomobil bozori segmentlar kesimida turlicha o‘zgarish ko‘rsatdi. A klassdagi avtomobillar savdosi 69,5% ga, B klass sedanlar 15,3% ga, E/F segmenti 61,3% ga, MPV 29,6% ga va yengil tijorat avtomobillari 18,2% ga kamaydi.

Shu bilan birga, premium SUV-E segmentida savdolar 196,7% ga, o‘rta o‘lchamdagi SUV-D krossoverlarida 26,1% ga, C klass sedanlarda 25,3% ga va SUV-C krossoverlarida 14,6% ga oshdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda pensiya hisoblashda olinadigan ish staji 20 yilgacha oshirilishi mumkin
/
O‘zbekistonda pensiya hisoblashda olinadigan ish staji 20 yilgacha oshirilishi mumkin
Incheon Airport Corporation Toshkentda vakolatxona ochishni rejalashtirmoqda
/
Incheon Airport Corporation Toshkentda vakolatxona ochishni rejalashtirmoqda
O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarila boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarila boshladi