1-fevraldan Toshkent metropolitenining 19 ta bekatida kassalar yopildi

Ushbu bekatlarda kassalar o‘rniga yangi QR-kodli chiptalar beruvchi apparatlar ishga tushirilgan

1-fevraldan Toshkent metropolitenining 19 ta bekatida kassalar yopildi

1-fevraldan Toshkent metropolitenining 19 ta bekatida kassalar yopiladi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan:

  • Chilonzor yo‘nalishida — Yangihayot, Sergeli, O‘zgarish, Chosh Tepa, Milliy bog‘, Mustaqillik maydoni, Amir Temur xiyoboni, Pushkin;
  • O‘zbekiston yo‘nalishida — Do‘stlik, Mashinasozlar, Toshkent, Oybek, Kosmonavtlar, O‘zbekiston, G‘afur G‘ulom, Chorsu;
  • Yunusobod yo‘nalishida — Turkiston, Shahriston, Bodomzor.

Kassalar ketma-ketlikda o‘z faoliyatini to‘xtatadi va ularning o‘rniga bir martalik QR-chipta beruvchi infokioskalar o‘rnatiladi.

Keyingi bosqichlarda yo‘lovchilarning fikr va takliflari o‘rganilgan holda qolgan metro bekatlaridagi kassalar ham bosqichma-bosqich yopilishi rejalashtirilgan, — deyiladi xabarda.

Hozirda yo‘lovchilar bank va transport kartalari, yuzni tanib olish (Face ID), kaft (Palm pay) hamda mobil ilovalar orqali 10 dan ortiq usullarda to‘lov qilishi mumkin mavjud.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2027-yildan boshlab uy-joyga muhtoj yosh oilalarga ipoteka kreditlari ajratiladi
/
2027-yildan boshlab uy-joyga muhtoj yosh oilalarga ipoteka kreditlari ajratiladi
2030-yilgacha 20 ming yoshni qamrab oluvchi “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
/
2030-yilgacha 20 ming yoshni qamrab oluvchi “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
Uzcard kredit qarzlarini avtomatik yechib olishga cheklov joriy etdi
/
Uzcard kredit qarzlarini avtomatik yechib olishga cheklov joriy etdi