Raiffeisen Bank O‘zbekistonda so‘mda vakillik hisobvaraqlarini ochdi

Yangi tizim xorijiy investorlar imkoniyatlarini kengaytirib, moliya bozorining xalqaro integratsiyasini kuchaytiradi

Raiffeisen Bank O‘zbekistonda so‘mda vakillik hisobvaraqlarini ochdi

Avstriyaning Raiffeisen Bank International AG (RBI) O‘zbekiston Markaziy bankida milliy va xorijiy valyutalarda korrespondent hisobvaraqlar ochdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur qadam xorijiy investorlarning davlat qimmatli qog‘ozlari ikkilamchi bozoridagi ishtirokini faollashtirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, ikkilamchi bozorda savdo hajmlarining oshishi asosiy muddatlar bo‘yicha daromadlilik egri chizig‘ini bozor tamoyillari asosida shakllantirish imkonini beradi.

Markaziy bankka ko‘ra, xorijiy kapital oqimining kengayishi iqtisodiyotda uzoq muddatli moliyaviy resurslar hajmini oshiradi va pul-kredit siyosati transmissiyasi samaradorligini kuchaytiradi.

Raiffeisen Bank International — Avstriyaning yirik bank guruhlaridan biri bo‘lib, bosh qarorgohi Vena shahrida joylashgan. Bank Avstriyadan tashqari Markaziy va Sharqiy Yevropaning 14 ta davlatida faoliyat yuritadi hamda 17,2 mln mijozga xizmat ko‘rsatadi.

Kapital.uz avvalroq O‘zbekistonlik Kamila Mahmudova Raiffeisen Bank International (RBI)ning moliya direktori etib tayinlandi. U 2026-yil 1-yanvardan boshlab bank boshqaruv kengashiga a’zo bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Umumiy ovqatlanish sohasida nol foizlik QQS joriy etilishi mumkin
/
Umumiy ovqatlanish sohasida nol foizlik QQS joriy etilishi mumkin
MobiUz 2025-yilda 173,6 mlrd so‘m qiymatidagi sof daromadga ega bo‘ldi
/
MobiUz 2025-yilda 173,6 mlrd so‘m qiymatidagi sof daromadga ega bo‘ldi
Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
/
Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan