Uzcard kredit qarzlarini avtomatik yechib olishga cheklov joriy etdi

Endi hisobda kamida 1,236 mln so‘m qoldiq saqlanishi shart etib belgilandi

Uzcard kredit qarzlarini avtomatik yechib olishga cheklov joriy etdi

To‘lov tizimi Uzcard O‘zbekistonda bank kartalaridan kredit qarzlarini majburiy yechib olish bo‘yicha yangi cheklov joriy qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 15-apreldan boshlab banklar tomonidan amalga oshiriladigan avtomatik (akseptsiz) yechib olishlarda minimal qoldiq talabi joriy etildi. Endilikda tranzaksiya yakunlangach, foydalanuvchi hisobida kamida 1,236 mln so‘m (3 BHM) mablag‘ qolishi shart.

Yangi tartibga ko‘ra, mablag‘lar faqat belgilangan ushbu chegaradan ortiq qismidan yechib olinadi. Kompaniya bu chora fuqarolarning bank hisobvaraqlari to‘liq bo‘shab qolishining oldini olishga qaratilganini ta’kidladi.

Texnik yangilanishlar banklar bilan hamkorlikda allaqachon joriy etilgan. Biroq ushbu talab karta egasi tomonidan operatsiya mustaqil tasdiqlangan, ya’ni SMS-kod orqali ruxsat berilgan holatlarga tatbiq etilmaydi.

Avtomatik yechib olish mexanizmi odatda kreditlar, bo‘lib to‘lash majburiyatlari va boshqa qarzdorliklarni qoplashda qo‘llaniladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Bitcoin va Ethereum’ga institutsional qiziqish ortmoqda
/
Bitcoin va Ethereum’ga institutsional qiziqish ortmoqda
1-sentabr O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
/
1-sentabr O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
Markaziy bank: O‘zbekiston kapital harakatini liberallashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqdi
/
Markaziy bank: O‘zbekiston kapital harakatini liberallashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqdi