Energetika vazirligi: metan zapravkalar faoliyati tiklanadi
Tartib 6-martdan boshlab joriy qilinadi
Фото: Autrostrada.uz
Bugun, 6-martdan e’tiboran barcha hududlarda metan zapravkalar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, mart oyining dastlabki kunlarida mamlakatimizda havo harorati keskin tushib, tabiiy gaz iste’molining ortishi va gaz quvurlarida bosimning pasayishiga sabab bo‘lgan. Bunda birinchi navbatda aholi hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlashga ustuvorlik qaratildi va avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi.
O‘tgan kunlar mobaynida olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida quvurlarda gaz bosimi normallashtirildi. Bu esa metan zapravkalar ish faoliyatini tiklash imkonini yaratdi.
Vazirlik, shuningdek, keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ