Xitoy kompaniyasi Toshkentda metallurgiya sanoat parkini tashkil etishni taklif qildi

Tomonlar bitimni imzolash uchun hujjatlarni tayyorlashga kelishib olgan

Xitoy kompaniyasi Toshkentda metallurgiya sanoat parkini tashkil etishni taklif qildi

Shu yilning 28-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov Xitoyning “Limaomaoli Metal Company” kompaniyasi bosh direktori Song Lipin bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar temir rudasi qazib olishga oid qo‘shma loyiha holatini hamda investitsion hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, xitoylik tomon Toshkent viloyatida metallurgiya sanoat parki tashkil etishga katta qiziqish bildirdi.

Konstruktiv fikr almashuvi yakunida qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish, zarur loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish va tegishli kelishuvni imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
/
O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
/
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi